Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy lavozimini qachon tark etishini ma’lum qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishInauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo
Inauguratsiya izbrannogo prezidenta Ukraini V. Zelenskogo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2025
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukraina NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmaguncha prezident bo‘lib qolish niyatida.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina NATO va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmaguncha prezident bo‘lib qolish niyatida. Bu haqda u ARD telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Kiyev rejimi rahbari o‘z mamlakati xavfsizlik kafolatlarini olmaguncha, Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilmaguncha, o‘z lavozimini tark etmasligiga shama qildi.
"Ammo bu sodir bo‘lmaguncha, men o‘z vatanimni himoya qilaman", — deb qo‘shimcha qildi Zelenskiy.
Chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligini qo‘llab-quvvatlab, aholi orasida Vladimir Zelenskiyni qo‘llab-quvvatlash darajasi pastligiga ishora qildi.
Vladimir Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan. Ukrainada 2024-yilgi prezidentlik saylovlari harbiy holat va umumiy safarbarlik sabab bekor qilindi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada yagona qonuniy hokimiyat parlament va Oliy Rada spikeri ekanligini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina qonuniy yo‘l bilan prezident saylashni istasa, harbiy holat to‘g‘risidagi qonunni bekor qilish kerak: uning ta’siri o‘tgan saylovlar natijalarini uzaytirishni anglatmaydi, "konstitutsiyada bu haqda hech narsa yo‘q".
Tramp zabirayet Ukrainu sebe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
Tramp Ukrainani o‘ziga olmoqda
Yangiliklar lentasi
0