https://oz.sputniknews.uz/20240222/hayraton-mozori-sharif-temir-yol-42620434.html
“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandi
“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
2024-02-22T14:22+0500
2024-02-22T14:22+0500
2024-02-22T17:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/16/42620251_0:256:969:801_1920x0_80_0_0_6b2eef4cf4f5f88f7eb0670cf5ac6eef.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. "Hayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlari boshlandi, deya xabar berdi “O‘zbekiston temir yo‘llari”."Hayraton" stansiyasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Hayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadda “Hayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2010-yilda Afg‘onistondagi Hayraton – Mozori Sharif yo‘li qurilishini yakunlagan edi. Uning uzunligi 75 kilometrga teng va narxi 129 million dollarni tashkil etdi. 2011-yilda kompaniya yo‘lni boshqarish va saqlash uchun “So‘g‘diyona Trans” sho‘ba korxonasini tashkil etdi. "So‘g‘diyona Trans" kompaniyasining o‘n yillik faoliyati davomida shartnoma bir necha bor uzaytirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20230210/ozbekistondan-afgonistonga-temir-yol-qatnovi-qayta-tiklandi-32168472.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/16/42620251_0:51:969:778_1920x0_80_0_0_a83a6267d29b0fdf301740eaba21e69e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“naibobod” stansiyasi “hayraton – mozori sharif” temir yo‘li
“naibobod” stansiyasi “hayraton – mozori sharif” temir yo‘li
“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandi
14:22 22.02.2024 (yangilandi: 17:36 22.02.2024) Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. "Hayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlari boshlandi, deya xabar berdi
“O‘zbekiston temir yo‘llari”. "Hayraton" stansiyasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamda Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida "Hayraton – Mozori Sharif" temir yo‘l liniyasini qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Tomonlarning kelishuviga asosan, tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi”, — deyiladi xabarda.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Bu maqsadda “Hayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temir yo‘l infrastrukturasining 57 km bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2010-yilda Afg‘onistondagi Hayraton – Mozori Sharif yo‘li qurilishini yakunlagan edi. Uning uzunligi 75 kilometrga teng va narxi 129 million dollarni tashkil etdi. 2011-yilda kompaniya yo‘lni boshqarish va saqlash uchun “So‘g‘diyona Trans” sho‘ba korxonasini tashkil etdi. "So‘g‘diyona Trans" kompaniyasining o‘n yillik faoliyati davomida shartnoma bir necha bor uzaytirildi.