Jabrlanuvchilar uchun to‘lanadigan pul miqdori tasdiqlandi — yangi tartib

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2025
Obuna bo‘lish
Jinoyat protsessi ishtirokchisi vafot etsa, uning oila a’zolarining har biriga BHMning 100 baravari miqdorida pul to‘lanadi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Endi jinoyat protsessi ishtirokchilari ijtimoiy himoya qilinadi. Bu haqda hukumat qarori bilan tasdiqlangan tegishli nizomda nazarda tutilgan.
Hukumat qarori bilan “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash tartibi” to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi”, — deyiladi hujjat matnida.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlovchi organ etib belgilandi.
Quyidagilar himoya qilinuvchi shaxsga jinoyat protsessida ishtirok etishi munosabati bilan ijtimoiy himoya qilish choralarini qo‘llashga asos bo‘ladi:
halok bo‘lganligi (vafot etganligi);
unga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
unga nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganligi yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganligi;
mulkiy zarar yetkazilganligi.
Bir yo‘la beriladigan nafaqaning miqdori quyidagicha: shaxs vafot etganda uning oila a’zolari har biriga teng ulushda - BHMning 100 baravari miqdorida.
Shaxsga nogironlikni keltirib chiqaruvchi tan jarohati yetkazilgan yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda, nogironlik guruhiga ko‘ra:
I guruh - BHMning 80 baravari miqdorida;
II guruh - BHMning 70 baravari miqdorida;
III guruh - BHMning 50 baravari miqdorida.
Nogironlikni keltirib chiqarmaydigan tan jarohati yetkazilganda yoki sog‘lig‘iga boshqacha ziyon yetkazilganda esa, sud-tibbiy ekspertizasining xulosasi asosida:
og‘ir daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
o‘rta daraja - BHMning 35 baravari miqdorida;
sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga olib kelgan yengil daraja - BHMning 25 baravari miqdorida.
“Ijtimoiy himoya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uni ta’minlovchi organ tomonidan uni olgan kundan boshlab, 10 sutka ichida ijro etilishi lozim”, — deyilgan xabarda
Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.
Ushbu qaror shu yil 1-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Turma. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2024
Endi qamoqqa olingan shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0