https://oz.sputniknews.uz/20250223/ozbekiston-erlar-kosmik-monitor-48088805.html
O‘zbekiston sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi
O‘zbekiston sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekkosmos” hamda BMT huzuridagi Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) hamkorligida “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash” loyihasi boshlandi.
2025-02-23T09:49+0500
2025-02-23T09:49+0500
2025-02-23T09:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
jizzax
o‘zbekkosmos
orol dengizi
fermerlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27724749_0:210:3269:2048_1920x0_80_0_0_91b54f4be81ed8efff0f57e54c3746d5.jpg.webp
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi, deya xabar berdi agentlik axborot xizmati.“O‘zbekkosmos” hamda BMT huzuridagi Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) hamkorligida “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash” loyihasi boshlandi.Aytilishicha, sho‘rlanishni aniqlashda masofaviy zondlash texnologiyalari, ilg‘or geoaxborot tizimi va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bu esa O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va yer resurslarini boshqarishning barqaror usullariga ko‘maklashib, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishni yaxshilashga imkon yaratadi.Bu orqali yaqin yillar davomida mamlakatdagi eng sho‘rlangan yerlarning aniq statistikasini yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi uchun hosildor maydonlar aniqlanadi va fermerlar uchun ekin maydonlarining holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish mumkin bo‘ladi.Qayd etilishicha, ko‘pgina mamlakatlarda cho‘llanish va yerlarning degradatsiyaga uchrashi oqibatida dunyo bo‘yicha milliard gektar yer maydonlari yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.2024 yilda FAO tomonidan chop etilgan “Sho‘rlangan tuproqlarning global holati” nomli hisobotida O‘zbekiston dunyodagi sho‘rlangan tuproqlarning 70 foiziga ega bo‘lgan 10 ta davlat qatoridan joy olgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27724749_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_88fe41d6c9777274f1acfdab32b98774.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“o‘zbekkosmos” bmt huzuridagi osiyo va tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (escap) sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash
“o‘zbekkosmos” bmt huzuridagi osiyo va tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (escap) sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash
O‘zbekiston sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi
Sinov hududi sifatida Jizzax viloyatining Zarbdor va unda tutash tumanlaridagi 90 ta ekin maydonlari tanlab olindi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi sho‘rlangan yerlarni kosmik monitoring qilishni boshladi, deya xabar berdi agentlik axborot xizmati.
“O‘zbekkosmos” hamda BMT huzuridagi Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESCAP) hamkorligida “Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari yordamida tuproq sho‘rlanishini aniqlash” loyihasi boshlandi.
Aytilishicha, sho‘rlanishni aniqlashda masofaviy zondlash texnologiyalari, ilg‘or geoaxborot tizimi va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bu esa O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo‘jaligi va yer resurslarini boshqarishning barqaror usullariga ko‘maklashib, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va tarqatishni yaxshilashga imkon yaratadi.
“Loyihani amalga oshirish uchun sinov hududi sifatida Jizzax viloyatining Zarbdor va unda tutash tumanlaridagi 90 ta ekin maydonlari tanlab olindi. U yerda sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlar orqali yerlarning sho‘rlanish darajasi o‘rganilib, laborator tekshiruvlar uchun nusxa olinadi va chuqur tekshiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Bu orqali yaqin yillar davomida mamlakatdagi eng sho‘rlangan yerlarning aniq statistikasini yuritiladi. Qishloq xo‘jaligi uchun hosildor maydonlar aniqlanadi va fermerlar uchun ekin maydonlarining holati bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etish mumkin bo‘ladi.
“Natijada qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish borasida resurs va xomasholarni to‘g‘ri taqsimlash, yerlarning sho‘rlanish darajasi va joyning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda agrotexnik choralarni ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Qayd etilishicha, ko‘pgina mamlakatlarda cho‘llanish va yerlarning degradatsiyaga uchrashi oqibatida dunyo bo‘yicha milliard gektar yer maydonlari yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
“Mamlakatimiz hududida 1 746,6 ming gektar maydon turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, shundan 65,2 ming gektari kuchli, 439,4 ming gektari o‘rta va 1 242 ming gektari esa kam sho‘rlanish holatlariga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Orol fojiasi oqibatida 5,5 million gektardan ortiq yer tuzli cho‘lga aylangani achinarlidir”, — deyiladi xabarda.
2024 yilda FAO tomonidan chop etilgan “Sho‘rlangan tuproqlarning global holati” nomli hisobotida O‘zbekiston dunyodagi sho‘rlangan tuproqlarning 70 foiziga ega bo‘lgan 10 ta davlat qatoridan joy olgan.