Zelenskiy AQSh bilan resurslar bo‘yicha kelishuv imzolashga hali tayyor emas — OAV

© AP Photo / Andreea AlexandruPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kelishuv hozirgi ko‘rinishida “sheriklikni aks ettirmaydi, faqat Ukrainaning bir tomonlama majburiyatlarini o‘z ichiga oladi”.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiy bir qator muammoli masalalar tufayli AQSh bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashga tayyor emas, deb xabar bermoqda “Sky News” telekanali ukrainalik manbaga tayanib.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina tanlov oldida turganini ma’lum qilgandi: yoki amerikaliklar bilan foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlikka doir kelishuvga erishish, yoki qator oqibatlarga duch kelish.
“Kelishuv hali imzolanishga tayyor emas, bir qator muammoli masalalar mavjud va loyihaning hozirgi ko‘rinishida (Zelenskiy – tahr.) uni qabul qilishga tayyor emas”, — deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv hozirgi ko‘rinishida “sheriklikni aks ettirmaydi, faqat Ukrainaning bir tomonlama majburiyatlarini o‘z ichiga oladi”.
Tramp avvalroq Kiyev rasmiylarini Amerikaning moliyaviy va harbiy yordami evaziga noyob tuproq metallariga kirishni kafolatlovchi kelishuvni buzishda ayblagan edi. Mayamidagi investitsiya sammitidagi nutqi chog‘ida Tramp “unchalik omadli bo‘lmagan yumorist Zelenskiy AQShni g‘alaba qozonib bo‘lmaydigan urush uchun 350 milliard dollar sarflashga ko‘ndirganini” aytdi. AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Yevropa tovon puli oladi, Shtatlar esa Ukrainaga shunchaki pul bergan.
Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Saylov vaqti keldi”: Trampning Ukraina va Zelenskiy bo‘yicha asosiy bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0