Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlari himoyasi kuchaytiriladi — Senat
10:30 22.02.2025 (yangilandi: 10:46 22.02.2025)
© Depositphotos / LeungchopanDevushka-aziatka zakrila litso rukami

© Depositphotos / Leungchopan
Obuna bo‘lish
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarning huquqlari himoyasi kuchaytiriladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.
© Senat Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanChetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa

Chetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Qonundagi normalar oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish, qayta shu kabi tazyiqqa uchrash holatlarining oldini olish, turar joyga majburiy tartibda kiritish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi.
© Senat Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanChetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa

Chetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
“Amaldagi qonunchilikka ko‘ra oiladagi tazyiq va zo‘ravonlik sabab sudga ariza bilan murojaat qilinganda sud er-xotinni yarashtirish uchun muayan muhlat beradi. Ushbu berilgan muhlat ichida oilaviy nizo va janjallar qayta sodir etilishi ayollarning o‘z joniga qasd qilishiga, ularga yetkazilgan tan-jarohatlari esa ularning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi xabarda.
Qonun bilan amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan normalarga asosan sud ishni ko‘rishni keyinga qoldirmay o‘z vaqtida qaror qabul qiladi, bu nizoli oilalarda muntazam zo‘ravonlik holatlari va og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldini oladi. Xususan, oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsning talabiga ko‘ra sud tomonidan yarashish uchun muhlat tayinlamaslik nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, mazkur qonunga ko‘ra, turar joydan foydalanish haqidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda sud taraflarning kelishuviga asosan mulkdorning tashabbusiga ko‘ra turar joyga majburiy tartibda kiritilayotgan tarafni mulkdorga tegishli mutanosib sharoitlarga ega bo‘lgan boshqa turar joyga kiritish yoki ijaraga olingan turar joy uchun ijara haqini to‘lash majburiyatini mulkdorning zimmasiga yuklatishi mumkin.
© Senat Oliy Majlisa Respubliki UzbekistanChetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa

Chetvertoe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa
© Senat Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Ushbu hujjatning qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik jinoyatidan jabrlangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga, shuningdek xotin-qizlarning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.