Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Tramp bilan bajonidil uchrashaman” — Putin Rossiya-AQSh muzokaralari haqida nimalar dedi?

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident Vladimir Putin vstretilsya s prezidentom NMIS endokrinologii Ivanom Dedovim
Prezident Vladimir Putin vstretilsya s prezidentom NMIS endokrinologii Ivanom Dedovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi jurnalistlarning Rossiya-AQSh muzokaralari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, maxsus harbiy operatsiyaga oid savollariga javob berdi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bajonidil uchrashishini ma’lum qildi, deb yozmoqda Kreml.
Rossiya yetakchisi jurnalistlarning Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Rossiya-AQSh muzokaralari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, maxsus harbiy operatsiyaga oid savollariga javob berdi.
“Biz diplomatik vakolatxonalar faoliyatini normal rejimda davom ettirishga kelishib oldik. Vashingtondan ham, Moskvadan ham diplomatlarning doimiy ravishda chiqarib yuborilishi yaxshilikka olib kelmaydi. Agar ishlar shu tarzda davom etsa, bu binolarda faqat farroshlar ishlaydi, ularning mehnatini albatta qadrlash kerak, ammo diplomatik missiyalar buning uchun yaratilgan emas", — dedi Rossiya prezidenti.
Putinning qayd etishicha, tomonlarni qiziqtirgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishni tiklash yo‘lida birinchi qadam tashlandi. Bu Yaqin Sharqni ham o‘z ichiga oladi, Suriya, shuningdek, Falastin-Isroil kelishuvi ham bor. Ularni hal qilishda AQSh ham, Rossiya Federatsiyasi ham ishtirok etadi. Ukraina yo‘nalishi bilan bog‘liq vaziyatga esa birinchi navbatda ahamiyat beriladi.
“Ammo bizda boshqa masalalar ham bor: iqtisodiyot va global energiya bozorlarida birgalikdagi ishimiz. Shuning uchun, umuman olganda... Ha, koinot, albatta, chunki oldingi uch yildagi barcha muammolarga qaramay, biz koinotda ishlashni davom ettirmoqdamiz va XKSda amerikalik astronavtlar ham, rossiyalik kosmonavtlar ham ishlaydi. Ish davom etmoqda, istiqbollar yaxshi. Bularning barchasi muhokama mavzusi bo‘ldi, Ar-Riyoddagi yig‘ilishda ko‘rib chiqildi”, — deya tushuntirdi Vladimir Putin.
Rossiya rahbari barcha o‘ta dolzarb masalalarni, jumladan, Ukraina masalasini hal qilishda Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonch darajasini oshirmasdan turib, ko‘plab masalalarni, jumladan, Ukraina inqirozini ham hal qilib bo‘lmasligini aytdi. Ushbu uchrashuvdan maqsad aynan Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ishonchni oshirish bo‘lgan.
“Boshqa ishtirokchilarga kelsak, birinchidan, Rossiya hech qachon yevropaliklar bilan aloqalarni rad etmagan. Rossiya hech qachon Ukraina bilan muzokara jarayonidan bosh tortmagan, hech qachon. Aytish kerakki, bu muzokaralardagi hamkorlarimiz rad etishdi. Yevropaliklar Rossiya bilan aloqalarni to‘xtatdi, Ukraina tomoni esa o‘zini muzokaralar olib borishni taqiqladi, Istanbuldagi muzokara jarayonidan chiqdi, bu haqda bevosita va ochiq e’lon qildi. To‘g‘ri, biz hech kimga hech narsa yuklamaymiz. Biz tayyormiz, men buni yuz marta aytdim: agar xohlasalar, marhamat, bu muzokaralarni olib borishsin, biz muzokaralar stoliga qaytishga tayyormiz”, — dedi Putin.
Vladimir Putin Rossiya Yevro-Atlantika munosabatlariga aralashmasligini aytdi. Uning eslatishicha, bir paytlar Tramp Rossiya bilan qandaydir alohida munosabatlarga ega bo‘lganlikda va u prezidentlik lavozimidagi so‘nggi muddatda g‘alaba qozonganida Rossiya saylovlarga aralashganlikda ayblangan edi. Ular jamoa tuzib, uni sud orqali sudrashdi va hatto Kongressda maxsus komissiya tuzishdi. Hech narsa tasdiqlanmadi - tasdiqlab bo‘lmasdi ham, chunki bu hech qachon sodir bo‘lmagan.
“Ushbu saylov kampaniyasi davomida biz nimani ko‘rdik? Yevropaning barcha yetakchilari, istisnosiz, aslida AQShdagi saylov jarayoniga bevosita aralashgan. I nomzodlardan birini to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat qilishgacha bordi. O‘z navbatida, albatta, kimga xayrixohligimiz aniq edi, lekin biz o‘zimizni aralashishga yo‘l qo‘ymadik va bundan ham ko‘proq nomzodlarning birortasiga nisbatan keskin bayonotlar yoki haqoratomuz hujumlarga yo‘l qo‘ymadik. Biz buni qilmadik. Yevropaliklar esa buni qilishdi”, — deya aniqlik kiritdi Rossiya prezidenti.
U Trampning o‘z ittifoqchilariga nisbatan vazminligidan, o‘zini shunday tutganidan hayratda qolganini qo‘shimcha qildi.

“Janob Kellogg, bilishimcha, hozir Kiyevda, to‘g‘rimi? Undan oldin u yevropaliklar bilan uchrashdi. Hozir Fransiya prezidenti Vashingtonga, bosh vazir Buyuk Britaniyaga ketmoqda. U yerda hech narsa yopiq emas, amerikaliklar bularning barchasini ular bilan muhokama qilishmoqda. Ammo bizda, masalan, 3-Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha shartnomasini uzaytirish kabi savol bor. Hamma unutgandir, lekin shuni eslatib o‘tamanki, roppa-rosa bir yildan so‘ng, 2026-yilning fevralida Strategik qurollarni cheklash to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaydi”, — dedi Putin.

Muzokaralar jarayoniga kelsak, prezident Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot chog‘ida Qo‘shma Shtatlar muzokara jarayoni ham Rossiya, ham Ukraina ishtirokida o‘tadi, deb taxmin qilayotganini aytgan. Hech kim Ukrainani bu jarayondan chetlamaydi.
Men Donald bilan bajonidil uchrashaman, biz bir-birimizni uzoq vaqtdan beri ko‘rmadik. U bilan yaqin munosabatlarimiz yo‘q, lekin baribir o‘tgan yillarda, prezident bo‘lgan to‘rt yillik faoliyati davomida biz uchrashib, davlatlararo munosabatlarimizni bir tekisda muhokama qilganmiz. Bugun ham u bilan bajonidil uchrashaman. Menimcha, u ham, bu bizning telefon suhbatimiz tabiatidan bilinib turardi. Lekin shunday ahvolga tushib qoldikki, faqat choy yoki qahva ichish, o‘tirib kelajak haqida gaplashish uchun uchrashishning o‘zi kifoya qilmaydi. Biz ikkala tomon uchun maqbul bo‘lgan yechimlarga erishish uchun jamoalarimiz nafaqat, AQSh va Rossiya uchun, jumladan, balki Ukraina yo‘lida ham o‘ta muhim bo‘lgan masalalarni tayyorlashini ta’minlashimiz kerak. Va bu, albatta, oson ish emas”, — deya ta’kidladi Putin.
Jurnalistlar Rossiya yetakchisiga muzokaralarga qaramay, maxsus harbiy operatsiya davom etmoqda, hozir frontdan qanday yangiliklar kelmoqda”, deya savol berishdi.

“Siz ularni bilasiz, urush muxbirlari, hamkasblaringiz, nihoyatda bilimdon, mard, ochig‘ini aytsam, o‘z vazifasini qahramonlarcha bajarayotgan insonlar - ular o‘zlarining fuqarolik va kasbiy burchlarini bajarmoqdalar va jangovar aloqa chizig‘ida sodir bo‘layotgan voqealar haqida Rossiya jamoatchiligini va butun dunyoni xolisona xabardor qiladilar. Bir soat oldin menga xabar qilingan so‘nggi ma’lumotlar: bugun tunda 810-brigada jangchilari Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tib, dushman hududiga kirishdi. Va bizning qo‘shinlarimiz butun front chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishmoqda”, — deya javob berdi Putin.

Prezident Donald Tramp  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Saylov vaqti keldi”: Trampning Ukraina va Zelenskiy bo‘yicha asosiy bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0