https://oz.sputniknews.uz/20250220/ozbekiston-urush-qatnashchilar-48043568.html
O‘zbekiston urush qatnashchilarining har biriga 10 ming dollardan pul mukofoti beradi
O‘zbekiston urush qatnashchilarining har biriga 10 ming dollardan pul mukofoti beradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 dollar; Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 so‘m; 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida bir martalik yordam beradi.
2025-02-20T12:05+0500
2025-02-20T12:05+0500
2025-02-20T14:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ikkinchi jahon urushi
yangi farmon
pul
mukofot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/14/48049292_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_0c19a032aae729c93b6d245fc1419fa3.jpg.webp
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli farmonga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlari beriladi. Farmon mamlakatda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanish, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida imzolandi. Shuningdek, bugun ham O‘zbekiston obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda, 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan. Quyidagi bir martalik pul mukofoti belgilandi: Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshiriladi.Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga yigirma million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilgan. 2023-yilda esa ularning har biri o‘n sakkiz million so‘mdan olgan. Mukofot miqdori 2020-yilda o‘n million so‘m, 2018-yilda esa besh million so‘mga teng bo‘lgan. Ulug‘ Vatan urushida qatnashib, SSSR Qahramoni bo‘lgan o‘zbekistonliklar“Uy o‘liklarga to‘la edi”- fashistlar qamali haqida xotiralarKonslagerda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hikoyasi
https://oz.sputniknews.uz/20240509/ozbekiston-galaba-43804732.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/14/48049292_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_f1ba376e6a3e3fa17579a952ec3a2460.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mukofot puli bir martalik yordam qancha 2025-yil ma’lumot farmon
o‘zbekiston ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mukofot puli bir martalik yordam qancha 2025-yil ma’lumot farmon
O‘zbekiston urush qatnashchilarining har biriga 10 ming dollardan pul mukofoti beradi
12:05 20.02.2025 (yangilandi: 14:09 20.02.2025) Prezident urush qatnashchilariga pul mukofotlari berishga oid farmonni imzoladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti imzolagan tegishli farmonga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga pul mukofotlari beriladi.
Farmon mamlakatda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanish, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida imzolandi.
Shuningdek, bugun ham O‘zbekiston obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini, ularga tenglashtirilgan shaxslarni hamda, 1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarini moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan.
Quyidagi bir martalik pul mukofoti belgilandi:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 10 000 (o‘n ming) dollar miqdorida;
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarning har biriga 25 000 000 (yigirma besh million) so‘m miqdorida;
1941–1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilarining har biriga 3 000 000 (uch million) so‘m miqdorida.
Mazkur farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofoti tantanali hamda bayramona vaziyatda topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga yigirma million so‘m miqdorida bir martalik pul
mukofoti berilgan. 2023-yilda esa ularning har biri o‘n sakkiz million
so‘mdan olgan. Mukofot miqdori 2020-yilda o‘n million so‘m, 2018-yilda esa besh million so‘mga teng bo‘lgan.