Rossiya va AQSh muzokaralari qanday o‘tdi —Ushakov javobi

© Ministerstvo inostrannix del Rossiyskoy FederatsiiV Er-Riyade proxodat peregovori rossiyskoy i amerikanskoy delegatsiy
V Er-Riyade proxodat peregovori rossiyskoy i amerikanskoy delegatsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillari Ukrainaga nisbatan fundamental yondashuvlarini bayon qilishdi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Rossiya va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar yomon o‘tmadi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.
"Ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida tig‘iz ish olib borish kerak. Biz bunga tayyormiz, biroq aniq davr, yetakchilar uchrashuvining aniq sanalari haqida gapirishga hali erta", — deydi Ushakov.
Moskva va Vashington ikki davlat yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning uchrashuvi uchun sharoit yaratish ustida ish olib boradi, deya aniqlik kiritdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari vakillari Ukrainaga nisbatan fundamental yondashuvlarini bayon qilishdi.
Shuningdek, Rossiya va AQSh bir-birining manfaatlarini hisobga olishga kelishib olgan.
AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar qachon boshlanishini Vladimir Putin o‘zi hal qiladi, deya qayd etdi Ushakov.
Xorij OAVga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi tarkibida davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Ukrainadagi kelishuvdan keyin paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Umumiy geosiyosiy manfaatlarga doir masalalarda hamkorlik qilishga ham kelishib olishgan.
Press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2025
Lavrov va Ushakov AQSh vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi — Peskov
Yangiliklar lentasi
0