https://oz.sputniknews.uz/20250218/eoii-hujjatlar-tadbirkor-taklif-47998656.html
YeOII hujjatlar ishlab chiqishda tadbirkorning 60 foizdan ortiq taklifini inobatga olgan
YeOII hujjatlar ishlab chiqishda tadbirkorning 60 foizdan ortiq taklifini inobatga olgan
Sputnik O‘zbekiston
Yangi normalar va qoidalarni ishlab chiqishda biznesning fikrini hisobga olish eng muhim vazifadir. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov ma’lum qildi
2025-02-18T11:14+0500
2025-02-18T11:14+0500
2025-02-18T11:25+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
tadbirkor
hujjatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0b/47038054_109:0:3750:2048_1920x0_80_0_0_8aecb2d07f251d47d13ffdcb986b0e13.jpg.webp
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Yangi normalar va qoidalarni ishlab chiqishda biznesning fikrini hisobga olish eng muhim vazifadir. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati. Baxit Sultanov Rossiya biznes haftaligi - 2025 "YeOII 2030-yilgacha: maqsadlar, mexanizmlar, biznes va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik muammolari” mavzusidagi integratsiya forumidagi nutqida Ittifoqdagi tartibga solishning biznes yuritish shartlariga ta’sirini baholashning yangi mexanizmlarini ishga tushirish haqida gapirdi. Vazir yangi mexanizmlar qatorida Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaldagi ta’sirini baholash va xalqaro shartnomalar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni ham o‘z ichiga olganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoqning o‘n yillik faoliyati davomida komissiya meyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan takliflarning 60 foizdan ortig‘i inobatga olingan. U ishbilarmon doiralar oldida turgan dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining biznes yuritish shartlariga ta’sirini baholash uchun tahliliy vositani taqdim etdi. Bundan tashqari, vazir xizmatlar savdosini liberallashtirish, turizm sohasida iqtisodiy hamkorlik, uchinchi davlatlardan kelayotgan tovarlarni kuzatib borish mexanizmini joriy etish va ishchi kuchining erkin harakatlanishini ta’minlash haqida gapirdi. “Biz Komissiyaning YeOII Ishbilarmonlar kengashi bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha Maslahat kengashi ishini qayta formatlashtirib, yagona oyna rejimiga o‘tdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
https://oz.sputniknews.uz/20250216/eik-asean-istemolchi-huquq-himoya-47982571.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/0b/47038054_564:0:3295:2048_1920x0_80_0_0_3831305f59d394639b787ca65d82cc6b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
biznes yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri baxit sultanov
biznes yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri baxit sultanov
YeOII hujjatlar ishlab chiqishda tadbirkorning 60 foizdan ortiq taklifini inobatga olgan
11:14 18.02.2025 (yangilandi: 11:25 18.02.2025) Baxit Sultanov: yangi norma va qoidalarni ishlab chiqishda biznesning fikrini inobatga olish eng muhim vazifadir.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Yangi normalar va qoidalarni ishlab chiqishda biznesning fikrini hisobga olish eng muhim vazifadir. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya
matbuot xizmati. Baxit Sultanov Rossiya biznes haftaligi - 2025 "YeOII 2030-yilgacha: maqsadlar, mexanizmlar, biznes va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik muammolari” mavzusidagi integratsiya forumidagi nutqida Ittifoqdagi tartibga solishning biznes yuritish shartlariga ta’sirini baholashning yangi mexanizmlarini ishga tushirish haqida gapirdi.
Vazir yangi mexanizmlar qatorida Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning amaldagi ta’sirini baholash va xalqaro shartnomalar loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholashni ham o‘z ichiga olganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoqning o‘n yillik faoliyati davomida komissiya meyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan takliflarning 60 foizdan ortig‘i inobatga olingan.
“Biz mamlakatlarimizda tadbirkorlar uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib boramiz. Yangi norma va qoidalarni ishlab chiqishda biznesning fikrini inobatga olish eng muhim vazifadir”, — dedi Sultonov.
U ishbilarmon doiralar oldida turgan dolzarb masalalarga alohida to‘xtalib, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining biznes yuritish shartlariga ta’sirini baholash uchun tahliliy vositani taqdim etdi.
Bundan tashqari, vazir xizmatlar savdosini liberallashtirish, turizm sohasida iqtisodiy hamkorlik, uchinchi davlatlardan kelayotgan tovarlarni kuzatib borish mexanizmini joriy etish va ishchi kuchining erkin harakatlanishini ta’minlash haqida gapirdi.
“Biz Komissiyaning YeOII Ishbilarmonlar kengashi bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha Maslahat kengashi ishini qayta formatlashtirib, yagona oyna rejimiga o‘tdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.