https://oz.sputniknews.uz/20250216/eik-asean-istemolchi-huquq-himoya-47982571.html
YeIK va ASEAN iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirmoqchi
YeIK va ASEAN iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kotibiyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birinchi qo‘shma seminarni o‘tkazadi
2025-02-16T16:38+0500
2025-02-16T16:38+0500
2025-02-17T10:44+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_143:309:2903:1861_1920x0_80_0_0_8e59caf30ffe80a450867c83b1f3509e.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kotibiyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birinchi qo‘shma seminarni o‘tkazadi, deya xabar beradi komissiya matbuot xizmati.Hamkorlik istiqbollari YeIKning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti direktori Vladimir Sinkevich va ASEAN kotibiyatining raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va intellektual mulk bo‘limi rahbari Txang Van Luong o‘rtasida ko‘rib chiqildi.Unga ko‘ra, yaxlit xo‘jalik birlashmalarining shakllanishi sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari birinchi o‘ringa chiqadi.Aytilishicha, mazkur tadbir sheriklik aloqalarini rivojlantirish va iste’molchilar huquqlari, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250213/eoii-rangli-metallurgiya-hamkorlik-47947490.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_84e84ce925e13e2295b9be2bd7e2f64d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) janubi-sharqiy osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (asean) iste’molchilar huquqlari himoya qilish qo‘shma seminar
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (yeik) janubi-sharqiy osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (asean) iste’molchilar huquqlari himoya qilish qo‘shma seminar
YeIK va ASEAN iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirmoqchi
16:38 16.02.2025 (yangilandi: 10:44 17.02.2025) YeOII va ASEAN mamlakatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba almashadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) kotibiyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha birinchi qo‘shma seminarni o‘tkazadi, deya xabar beradi komissiya
matbuot xizmati. Hamkorlik istiqbollari YeIKning Sanitariya, fitosanitariya va veterinariya choralari departamenti direktori Vladimir Sinkevich va ASEAN kotibiyatining raqobat, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va intellektual mulk bo‘limi rahbari Txang Van Luong o‘rtasida ko‘rib chiqildi.
“O‘zaro manfaatli hamkorligimizni chuqurlashtirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, YeOII va ASEAN mintaqalarida iste’mol bozorida qulay va barqaror muhit yaratish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Sinkevich.
Unga ko‘ra, yaxlit xo‘jalik birlashmalarining shakllanishi sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari birinchi o‘ringa chiqadi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha birinchi qo‘shma seminarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, uning maqsadi YeOII va ASEAN mamlakatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida tajriba va bilim almashishdir”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mazkur tadbir sheriklik aloqalarini rivojlantirish va iste’molchilar huquqlari, xavfsizligi va farovonligini ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ladi.