https://oz.sputniknews.uz/20250217/mirziyoev-kuvayt-tashrif-47986376.html
Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi
Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda rasmiy tashrif bilan 17-18 fevral kunlari bo‘ladi.
2025-02-17T11:08+0500
2025-02-17T11:08+0500
2025-02-17T11:25+0500
siyosat
o‘zbekiston
kuvayt
tashrif
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/11/47988285_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_18b65ddcc11ab32c91d40d32a7c2f27e.jpg.webp
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Bo‘lajak sammit kun tartibida O‘zbekiston-Kuvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, "yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqishadi. Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20241221/ozbekiston-kuvayt-togridan-togri-havo-qatnovlari-47229327.html
o‘zbekiston
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/11/47988285_67:0:1204:853_1920x0_80_0_0_29c43687c6c7eb29c2978870e173a795.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev kuvayt rasmiy tashrif al-kuvayt shahri
shavkat mirziyoyev kuvayt rasmiy tashrif al-kuvayt shahri
Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi
11:08 17.02.2025 (yangilandi: 11:25 17.02.2025) Shavkat Mirziyoyev Kuvaytda rasmiy tashrif bilan 17-18 fevral kunlari bo‘ladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvaytga jo‘nab ketdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajadagi muzokaralar, bir qator ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlari bo‘lib o‘tadi", — deyiladi xabarda.
Bo‘lajak sammit kun tartibida O‘zbekiston-Kuvayt do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, "yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari, shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqishadi. Muzokaralar yakunida qator qo‘shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.