https://oz.sputniknews.uz/20241221/ozbekiston-kuvayt-togridan-togri-havo-qatnovlari-47229327.html
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
2024-12-21T11:38+0500
2024-12-21T11:38+0500
2024-12-21T11:38+0500
o‘zbekiston
kuvayt
hamkorlik
aviaparvozlar
aviareyslar qatnovi
viza
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/15/47229165_0:0:2069:1163_1920x0_80_0_0_25c66a52cea32ac729d53987af1b6948.jpg
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.So‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan Kuvayt fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani ham "Kuwait Airlines" aviakompaniyasi yo‘lovchilari sonining ortishiga turki bo‘lishi qayd etildi.Muzokaralar natijasida, Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20240814/uzbekistan-kuwait-diplomatlar-hamkorlik-45193846.html
o‘zbekiston
kuvayt
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/15/47229165_247:0:1799:1164_1920x0_80_0_0_aa4809b5111bfbc3bc774b9260f08c39.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kuvayt havo qatnovlari
o‘zbekiston kuvayt havo qatnovlari
O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi rahbari shayx Hamud Muborak al-Hamud al-Jobir as-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Kuvayt aviatsiya tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shayx Hamud Muborak al-Hamud joriy yilning 24-oktabr kuni Malayziyada bo‘lib o‘tgan IKAO yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi delegatsiyasi bilan bo‘lgan samarali uchrashuvi natijalarini e’tirof etdi. Uning aytishicha, "Kuwait Airlines" aviakompaniyasining samolyotlar parkini kengaytirish maqsadida 2025-yilda "Al-Kuvayt-Toshkent" yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
So‘nggi yillarda viza rejimi soddalashtirilishi natijasida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan Kuvayt fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi amal qilayotgani ham "Kuwait Airlines" aviakompaniyasi yo‘lovchilari sonining ortishiga turki bo‘lishi qayd etildi.
Muzokaralar natijasida, Kuvayt Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi va O‘zbekistonning tegishli idoralari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishib olindi.