TIVda BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

© press-slujba MID Respubliki UzbekistanSovetnik ministra inostrannix del Uzbekistana Munira Aminova provela vstrechu s Postoyannim koordinatorom OON v Uzbekistane Sabinoy Maxl
Sovetnik ministra inostrannix del Uzbekistana Munira Aminova provela vstrechu s Postoyannim koordinatorom OON v Uzbekistane Sabinoy Maxl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Sabina Mahl bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar so‘nggi yillarda erishilgan hamkorlikning misli ko‘rilmagan darajada yuqori ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Sabina Mahl BMT tizimining Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va “O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
BMTning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Barqaror rivojlanishning yangi asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va respublika uchun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Na vstreche s predstavitelem OON obsujdeni vajnie voprosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2025
Tanzila Narbayeva BMT vakili bilan uchrashdi — muhokama qilingan masalalar
Yangiliklar lentasi
0