Prezident yoshlarga oid uchta muhim hujjat imzoladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vstretilsya s molodejyu v rezidensii Kuksaroy
Prezident vstretilsya s molodejyu v rezidensii Kuksaroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2025
Obuna bo‘lish
Prezident yosh tadbirkorlar va OTM bitruvchilarini qo‘llab quvvatlovchi chora tadbirlar tashkil etish bo‘yicha uchta qaror imzoladi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Prezident yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga oid uchta muhim hujjatga imzo chekdi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar muloqot vaqtida ma’lum bo‘ldi.
Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi.
Tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.
Bugungi kunda oliygohlarni tugatayotgan 90 ming yoshlar mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda qiynalmoqda.
Ikkinchi qaror bilan oliygoh bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yaratilmoqda. Buning uchun Milliy bankka 100 million dollar resurs beriladi.
Bank Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda oliygoh bitiruvchilarining tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha yangi bank xizmatlari paketlarini joriy etadi.
Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi. Komissiya ish o‘rinlarini yaratish, kadrlarga ehtiyoj, bo‘sh o‘rinlarga yoshlarni joylashtirish masalalarini hal etadi.
Uchinchi hujjatga ko‘ra, "Aloqabank" yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.
Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7-yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yoshtadbirkorlarga 7-yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.
Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.
Majlisda qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yoshlar kirib kelmoqda. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.
Opredeleni prioritetnie zadachi deyatelnosti Molodejnogo parlamenta pri Senate Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0