https://oz.sputniknews.uz/20250214/homilador-xodim-ishdan-boshatish-47959200.html
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi. Qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
2025-02-14T11:49+0500
2025-02-14T11:49+0500
2025-02-14T11:59+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qonun
mehnat kodeksi
homiladorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28443113_0:161:3069:1887_1920x0_80_0_0_94db9d751f86ec7991b46cf22eafc57c.jpg.webp
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi. Qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi.Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20241227/2025-yil-qonun-hujjat-ozgarish-47340096.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/16/28443113_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_22ddfc281523c0024d84a019a033d7bb.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
homilador xodim ishdan bo‘shatish taqiq qonun
homilador xodim ishdan bo‘shatish taqiq qonun
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi
11:49 14.02.2025 (yangilandi: 11:59 14.02.2025) Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekistonda homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi. Qonun bilan Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi.
Qonun bilan Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Shuningdek “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Bundan tashqari, homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.
Kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilandi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.