https://oz.sputniknews.uz/20250213/ozbekiston-aholi-togri-ovqatlanish-47955837.html
O‘zbekiston aholisining 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aytildi
O‘zbekiston aholisining 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisining 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
2025-02-13T20:00+0500
2025-02-13T20:00+0500
2025-02-13T20:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ovqatlanish
meva-sabzavot
sherzod asadov
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27264913_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_2e1861a93cec740443f947f065a68f47.jpg
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston aholisining 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Aytilishicha, aholi o‘rtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va shakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi.Mutasaddilarga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yo‘nalishda xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20230124/shifokor-ortiqcha-vazn-tashlashda-eng-kop-yol-qoyiladigan-xatolarni-aytdi-31680888.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/12/27264913_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_a10d2a249546ea1bbe00af156615838e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston aholisi jismoniy faollik to‘g‘ri ovqatlanish prezident shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston aholisi jismoniy faollik to‘g‘ri ovqatlanish prezident shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston aholisining 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aytildi
Odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston aholisining 44 foizi jismoniy faol emas, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“O‘tkazilgan o‘rganishlarga ko‘ra, aholining 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan”, — deb yozadi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Aytilishicha, aholi o‘rtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar iste’moli keskin kamayib, tuz va shakar iste’moli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi.
“Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bog‘liq muammo bor. Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta o‘limga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Mutasaddilarga sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik targ‘iboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bu yo‘nalishda xalqchil va ta’sirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi ta’kidlandi.