Mahalla raislarining vakolat muddati uzaytirildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2025
Obuna bo‘lish
Endi fuqarolar yig‘ini raisi 5-yilga saylanadi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5-yilga uzaytirildi. Bu haqda qator qonunlarga kiritilgan o‘zgarishlarda nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, 11-fevral kuni qabul qilingan O‘RQ-1027-sonli qonun bilan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Unga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3-yildan 5-yilga uzaytirilmoqda. Endi bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislari 5-yil muddatga saylanadi.
Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.
“Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3-yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi”, — deyiladi xabarda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, fuqarolar yig‘ini raisini saylash huquqiga saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega.
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi ikki va undan ko‘p nomzod ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi. Saylashda fuqarolar yig‘inining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega bo‘ladi.
Pojilie lyudi v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2025
“Mahalla loyihasi” dasturiga 1 mlrd dollar yo‘naltirildi — batafsil
Yangiliklar lentasi
0