“Mahalla loyihasi” dasturiga 1 mlrd dollar yo‘naltirildi — batafsil
14:59 03.01.2025 (yangilandi: 15:10 03.01.2025)
© Agentstvo statistikiPojilie lyudi v Uzbekistane
© Agentstvo statistiki
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. “Mahalla loyihasi” dasturiga 1 milliard dollar yo‘naltirildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyevga banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Bu haqda 16-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Shundan kelib chiqib, 2025-yilda jami 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirildi.
Shu maqsadda 208 ta tuman va shaharlar hokimlari hamda banklar rahbarlari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi, bunda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi. Aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan “mahalla loyihasi” dasturi doirasida ajratiladigan 1 milliard dollar kredit resurslari banklar va hududlar kesimida taqsimlandi. Loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tuman banki rahbariga oyma-oy samaradorlik ko‘rsatkichi qo‘yildi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Endi Markaziy bank raisi va uning o‘rinbosarlari hududlarga chiqib, joylardagi bank filiallarining mahallalardagi ishini yangicha yondashuv asosida tashkil qiladi. 2025-yil 1-fevralga qadar tuman banklari filiallarida mahallabay ishlash bo‘limlari tashkil etilib, ularga “mahalla bankirlari” tayinlanadi. Shuningdek, har bir mahallada ular bilan birga ishlaydigan “yordamchi-agentlar” tanlab olinadi.
© Press-slujba Prezidenta Respubliki UzbekistanPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o merax po obespecheniyu zanyatosti naseleniya i povisheniyu doxodov v maxallyax s uchastiyem bankov
© Press-slujba Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Hududiy banklar hamda tuman hokimlari aholini tayyor biznes loyihalari bilan tanishtirib boradi, ularni amalga oshirish ko‘nikmalari o‘rgatiladi. “online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” va “soliq.uz” axborot tizimlari integratsiya qilinib, mas’ullarga yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik tahlil qilib boriladi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan rahbarlarga chora ko‘riladi.
2025 yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda hal qiluvchi yil bo‘lishi, buning uchun mahalliy hokimliklar va iqtisodiy-moliyaviy tuzilmalarning muvofiqlashgan ishini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.