Sankt-Peterburg o‘zbekistonlik malakali kadrlarni ishga jalb qiladi — tafsilotlar

© Assotsiatsiya sodeystviya mejdunarodnoy trudovoy migratsiiSankt-Peterburg ukreplyayet sotrudnichestvo s Respublikoy Uzbekistan v sfere trudovoy migratsii
Sankt-Peterburg ukreplyayet sotrudnichestvo s Respublikoy Uzbekistan v sfere trudovoy migratsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2025
Obuna bo‘lish
Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Sankt-Peterburg o‘zbekistonlik malakali kadrlarni ishga jalb qiladi. Bu haqda Xalqaro mehnat migratsiyasini qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Vladimir Knyaginin bilan Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bordi.
Unda Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Hujjat bilan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilishda hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

“Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda! Ushbu qadam tufayli Sankt-Peterburg malakali kadrlarni jalb qila oladi va O‘zbekiston fuqarolari barqaror ish va munosib mehnat sharoitlaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi!”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyada faoliyat olib borayotgan 20 taga yaqin yirik kompaniya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Unda agentlik 7 ming kishini Rossiyaga ishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Delegatsiya Uzbekistana posetila Moskvu i provela vstrechi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Rossiyada tashkiliy ishga yollash uchun "yagona operator" paydo bo‘lishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0