Rossiyada tashkiliy ishga yollash uchun "yagona operator" paydo bo‘lishi mumkin

© Ministerstvo inostrannix del UzbekistanaDelegatsiya Uzbekistana posetila Moskvu i provela vstrechi
Delegatsiya Uzbekistana posetila Moskvu i provela vstrechi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada qator vazirliklar bilan uchrashib, mehnat migrantlari masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Xorijiy mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tartibda ishga yollash maqsadida Rossiyada "yagona operator" paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston delegatsiyasining 4-5 fevral kunlari Rossiyaga bo‘lib o‘tgan tashrifi davomida ma’lum bo‘ldi.
Delegatsiya Moskva shahrida Rossiya Sog‘liqni saqlash, Ichki va Tashqi ishlar, Iqtisodiy rivojlanish, Fan va ta’lim vzirliklari hamda Mehnat va bandlik federal agentligi (Rostrud) rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

"Rossiyaning bir qator vazirliklari hamkorligida xorijlik ishchilarni tashkiliy yollash bo‘yicha “yagona operator” tizimini yaratish masalasi muhokama qilindi", - deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.

Shuningdek, mehnat migrantlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratish, jumladan, ayrim ruxsatnomalar olish masalalarini O‘zbekiston hududida amalga oshirish, patent uchun to‘lovni ish beruvchi hisobidan to‘lash masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Rossiya OAVlarida mehnat migrantlari haqidagi yolg‘on va noxolis ma’lumotlarning tarqalishining oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston elchixonasida 4-fevral kuni bir qator yirik ish beruvchilar ishtirokida forum bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning 3 mingdan ortiq fuqarosini tashkiliy ravishda ishga olish bo‘yicha to‘rtta hujjat imzolandi.
Zaklyucheni kontrakti s krupneyshimi rossiyskimi rabotodatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2025
Migratsiya agentligi 7 ming kishini Rossiyaga ishga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Yangiliklar lentasi
0