Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi mojaroga qanday tez barham berish mumkin — Rossiya TIV javobi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovZdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2025
Obuna bo‘lish
Zaxarova: Zelenskiyning o‘zi Ukrainadagi mojaro qanchalik tez hal etilishi mumkinligiga javob berdi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning o‘zi Ukrainadagi mojaro qanchalik tez yakunlanishi mumkinligiga javob berib, Kiyev rejimi AQSh yordamisiz bir kun ham davom etmasligini aytdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Menimcha, Ukraina mojarosini bir kunda hal qilish mumkinligi haqidagi versiyalarni eshitgandim. Aytgancha, ko‘pchilik buni istehzo bilan qabul qilishdi. Ammo Zelenskiyning o‘zi bunga javob berdi. U, shuningdek, Amerika yordamisiz ular bir kunga ham borolmasligini aytdi. Bu sizga tasodifdek tuyulmayaptimi? Mana sizning savolingizga javob”, — dedi Zaxarova.

Shu bilan birga, Zaxarova Rossiya muzokaralar jarayoniga maxsus harbiy operatsiya boshlanishidan oldin ham ochiq bo‘lganini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0