Peskov Putin va Trampning suhbati haqidagi ma’lumotga izoh berdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
/ Obuna bo‘lish
Peskov Putin va Trampning suhbati haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor qildi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Izvestiya” nashri bilan suhbatda Vladimir Putinning Donald Tramp bilan telefon suhbati haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi.
“Vashington ma’muriyati o‘z ishini yo‘lga qo‘yayotgan bir paytda, turli xil aloqalar paydo bo‘lmoqda. Va bu aloqalar turli kanallar orqali amalga oshiriladi. Va, albatta, bu muloqotlarning ko‘pligi fonida, men shaxsan nimanidir bilmasligim, nimadandir bexabar bo‘lishim mumkin. Shuning uchun, bu holatda men buni na tasdiqlay olaman, na inkor eta olaman”, — dedi u.