O‘zbekistonlik san’atkorlar Krasnoyarskdagi xalqaro opera festivalida ishtirok etadi

Noti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2025
Obuna bo‘lish
Krasnoyarsk shahrida "Operada yulduzlar paradi. Slovsov” xalqaro opera festivali bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik san’atkorlar “Operada yulduzlar paradi. Slovsov” xalqaro opera festivalida ishtirok etadi. Bu haqda Krasnoyarsk opera va balet teatri matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida ochilgan festival mashhur tenor Potr Slovsov xotirasiga bag‘ishlangan.
Festival tadbirlari tomoshabinlarga haqiqiy yulduzlar paradini taqdim etadi. Ishtirokchilar orasida Bolshoy, Mariinskiy, Mixaylovskiy, "Gelikon-opera", MAMT, NOVAT, shuningdek, Italiya, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus teatrlari vakillari bor.
Dirijorlar: xitoylik Li Xaojan va italiyalik Filippo Dessi. Yettita opera namoyish etiladi va to‘rtta yirik gala-konsert bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida tomoshabinlar Potr Slovsovning arxiv fotosuratlari ko‘rgazmasini ham tomosha qilishlari mumkin.
Tadbir 10-aprelga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, Potr Slovsov (1886-1934) noyob lirik tenorga ega rus qo‘shiqchisi. U Krasnoyarskda opera truppasining asoschisi edi.
Yangiliklar lentasi
0