Prezident surxondaryolik tadbirkorni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
10:24 08.02.2025 (yangilandi: 10:27 08.02.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki

Obuna bo‘lish
Bahrom Raupov “Surkhon Sandwich” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi hisoblanadi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik tadbirkor Bahrom Raupovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu bo‘yicha prezident farmoni imzolandi.
Bahrom Raupov Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Surkhon Sandwich” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi hisoblanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkata Mirziyoyeva provel videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya sferi uslug v regionax

Shavkata Mirziyoyeva provel videoselektornoe soveshanie po voprosam razvitiya sferi uslug v regionax
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zining izlanuvchanligi va ishbilarmonligi bilan sohaga ilg‘or tashabbus va innovatsion g‘oyalarni samarali tatbiq etib kelayotgani, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida ko‘pchilikka ibrat va namuna bo‘layotgani, hududda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qo‘shayotgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Raupov Baxrom Qayumovich “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin”, - deyiladi farmon matnida.