BMT O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini yuqori baholadi

© Pravitelstvo respubliki UzbekistanGeneralniy sekretar OON pribil v Uzbekistan
Generalniy sekretar OON pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili BMT vakili bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. O‘zbekiston BMT bilan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi doimiy aloqalarni davom ettiradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe bilan uchrashdi.
Unda noqonuniy giyohvand moddalarni iste’mol qilish va savdosini kamaytirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish, terrorizmga qarshi kurashishda mintaqa davlatlarining tegishli idoralari bilan hamkorlikda ishlarni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
“Shtolpe O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy aloqalarni davom ettirish va fikr almashish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ministr inostrannix del Uzbekistana Baxtiyor Saidov vistupil v xode obshix debatov 79-y sessii Genassamblei OON. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2024
Baxtiyor Saidov BMTda nutq so‘zladi — O‘zbekiston qanday takliflarni ilgari surdi?
Yangiliklar lentasi
0