Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekistonda aholini band qilishning qanday yangi usullari joriy etilmoqda — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Asosiy e’tibor 2025-yil yanvar oyida qabul qilingan O‘zbekiston prezidenti qaroriga qaratildi. Ushbu qaror aholi bandligini yaxshilash, tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Spikerlar sifatida O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi departamenti rahbari o‘rinbosarlari Muxtor Shonazarov va Shohrux Muhamedov ishtirok etdi.
Ular hududlarda ish o‘rinlari yaratish, muhtoj aholi qatlamlari bilan manzilli ish tashkil etish va mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha joriy etiladigan yangi yondashuvlar haqida so‘z yuritishdi.
Shonazarov 2025-yilda 5,2 million kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilganini, buning uchun 126 trillion so‘m yo‘naltirilishini ma’lum qildi.
Muhamedov xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni o‘z vataniga qaytarish va joylashtirish maqsadida O‘zbekistonning barcha hududlarida koll-markazlari tashkil etilishini ta’kidladi.
Matbuot anjumani yakunida vazirlik vakillari jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Matbuot anjumanining to‘liq videosini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Vid s vozduxa na Tashkent s telebashni - peyzajniy snimok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2025
Bandlik, tadbirkorlik va daromadni oshirish: O‘zbekistonda yangi yondashuvlar joriy qilinadi
Yangiliklar lentasi
0