https://oz.sputniknews.uz/20250206/mirziyoev-malayziya-rasmiy-tashrif-47862862.html
Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi – “Twin Towers” binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi.
2025-02-06T09:58+0500
2025-02-06T09:58+0500
2025-02-06T10:04+0500
siyosat
o‘zbekiston
malayziya
shavkat mirziyoyev
tashrif
uchrashuv
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47862340_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c14187450ba75a59a1f2db1d8db3ae07.jpg
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi – “Twin Towers” binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev xomashoni chuqur qayta ishlash va “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.Shundan so‘ng Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250205/toshkent-viloyat-malayziya-boshqaruv-maxsus-iqtisod-zona-47858994.html
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/06/47862340_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d4b3e090b0058bb21cd7bee0065f14fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev malayziya rasmiy tashrif
mirziyoyev malayziya rasmiy tashrif
Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
09:58 06.02.2025 (yangilandi: 10:04 06.02.2025) Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim “Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi – “Twin Towers” binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev xomashoni chuqur qayta ishlash va “yashil” energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
Shundan so‘ng Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.
Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlat rahbarini Malayziya ta’lim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.