https://oz.sputniknews.uz/20250203/usaid-bioqurol-tadqiqot-moliya-mask-47798192.html
USAID bioqurol tadqiqotlarini moliyalashtirgan — Mask
USAID bioqurol tadqiqotlarini moliyalashtirgan — Mask
Sputnik O‘zbekiston
Mask USAID faoliyati haqida hayratlanarli tafsilotlarni oshkor qildi. 03.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-03T16:08+0500
2025-02-03T16:08+0500
2025-02-03T16:08+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
aqsh
kimoviy qurol
ilon mask
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46568518_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_07b0361cd2c76ceab4e3170d99d469af.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID biologik qurollar bo‘yicha tadqiqotlar uchun mablag‘ ajratgan. Bu haqda amerikalik tadbirkor va yangi hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.Ilon Mask, shuningdek, “USAID”ni “o‘lishi kerak bo‘lgan jinoiy tashkilot” deb atadi.Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh USAID’ni boshqarayotgan “aqldan ozgan radikallardan” qutuladi deb aytdi. "USAID"ning qariyb million obunachiga ega bo‘lgan X ijtimoiy tarmoq akkaunti o‘chirib tashlandi. Agentlik veb-sayti ham mavjud emas. Bir kun avval tashkilotning ikki yuqori mansabdor shaxsi AQSh hukumati qoshidagi samaradorlik agentligi rahbari Ilon Maskni agentlikning maxfiy binolariga kiritishdan bosh tortgan edi. Ular “ma’muriy ta’til”ga jo‘natilgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, jumladan, Kiyevni moliyalashtirish darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230217/nntlar-hamdostlik-davlatlarida-garb-tasir-quroliga-aylandi---komleva-32348138.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0b/0c/46568518_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_0b021eb22ef247492bf3fb06f24f13fd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, kimoviy qurol, ilon mask
dunyo yangiliklari, dunyoda, aqsh, kimoviy qurol, ilon mask
USAID bioqurol tadqiqotlarini moliyalashtirgan — Mask
Mask USAID faoliyati haqida hayratlanarli tafsilotlarni oshkor qildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi USAID biologik qurollar bo‘yicha tadqiqotlar uchun mablag‘ ajratgan. Bu haqda amerikalik tadbirkor va yangi hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda
RIA Novosti. "Siz USAID sizning soliq pullaringizdan foydalanib, bioqurollar, jumladan, millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan COVID-19 tadqiqotlarini moliyalashtirganini bilarmidingiz?" — deb yozdi u.
Ilon Mask, shuningdek, “USAID”ni “o‘lishi kerak bo‘lgan jinoiy tashkilot” deb atadi.
"USAID — jinoiy tashkilot. Uning o‘lish vaqti keldi", — deb yozgan Mask o‘zining X sahifasida.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh USAID’ni boshqarayotgan “aqldan ozgan radikallardan” qutuladi deb aytdi.
"USAID"ning qariyb million obunachiga ega bo‘lgan X ijtimoiy tarmoq akkaunti o‘chirib tashlandi. Agentlik veb-sayti ham mavjud emas.
Bir kun avval tashkilotning ikki yuqori mansabdor shaxsi AQSh hukumati qoshidagi samaradorlik agentligi rahbari Ilon Maskni agentlikning maxfiy binolariga kiritishdan bosh tortgan edi. Ular “ma’muriy ta’til”ga jo‘natilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishganch, 90 kunga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlari, jumladan, Kiyevni moliyalashtirish darhol to‘xtatilgani e’lon qilingan edi. AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ham Ukrainadagi loyihalarni moliyalashtirishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olgan.