O‘zbekiston va Malayziya “halollik tekshiruvi” loyihasini ishga tushiradi — tafsilotlar

© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki Uzbekistan Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi
 Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Obuna bo‘lish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi o‘rtasida Harakatlar rejasi imzolandi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish rejalari belgilab olindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasida bo‘ldi.
Uchrashuvda Malayziyaning korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi bosh komissari Dato Sri Xoji Azam Bin Baki, shuningdek, Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasi rahbari Sayful Ezral Orifin ishtirok etdi.
“O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Malayziya Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hujjat bilan ikki davlat aksilkorrupsiya idoralari o‘rtasida 2025-2026 yillarda sohada tajriba almashish, ilg‘or amaliyotni o‘rganish va joriy etish yuzasidan hamkorlikning aniq mexanizmlarini aks ettiradi.
“Tomonlar hamkorlikda yirik qo‘shma aksilkorrupsiya tadbirlarini tashkil etish, davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi o‘qitishda Malayziya tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish, “halollik tekshiruvi” loyihasini ishga tushirish hamda qo‘shma o‘quv dasturlari ishlab chiqishni rejalashtirilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shuningdek, hujjatda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini joriy etish va ular faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha Malayziya va O‘zbekiston amaliyotini solishtirgan holda tajriba almashish nazarda tutilgan.

“Malayziya Agentligimiz faoliyat boshlagan dastlabki davrlardanoq biz uchun yaqin va manfaatli hamkorlardan biri bo‘lib kelmoqda, - deydi Burxanov. — 2022-yilda mamlakatning Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi (MASS) rahbari Azam bin Bakining Toshkentga amalga oshirgan tashrifi doirasida idoralarimiz o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangani nafaqat ikki tomon faoliyatida, balki O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida uzoq davom etadigan hamkorlikning muhim debochasi bo‘ldi”.

© Agentstvo po protivodeystviyu korrupsii Respubliki Uzbekistan Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi
 Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Agentstva po borbe s korrupsiyey Uzbekistana i Malayzii podpisali plan deystviy na 2025-2026 godi
Azam bin Bakining so‘zlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, mamlakatlar tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bu yo‘nalishda tajriba almashish juda muhim.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi xodimlari korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish, hamda ushbu yo‘nalishdagi ta’lim dasturlarini O‘zbekistonning Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi bilan bo‘lishishga tayyor. Biz esa, o‘z o‘rnida,O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ilg‘or tajribalarini o‘rganishga tayyormiz, chunki keyingi yillarda mamlakatingizda ushbu yo‘nalishda katta islohotlar olib borilayotganini kuzatmoqdamiz, va katta yutuqlarga erishayotgangizni ham ko‘rib turibmiz”, deya ta’kidladi Azam bin Baki.
Uchrashuvda hamkorlikning quyidagi yangi yo‘nalishlari muhokama etildi:
korrupsiyaning oldini olishning ta’sirchan choralari bo‘lgan jamoatchilik nazorati va jurnalistik surishtiruvlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya” loyihasini Malayziya ekspertlarining taklif va tavsiyalari asosida takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi idorakar xodimlari uchun korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha dastlabki surishtiruv, tergov va ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek, davlat xaridlari jarayonlarida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va oldini olish borasida treninglar tashkil etish.
Malayziya tomoni shu yil iyul oyida Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tadigan “Halollik va korporativ boshqaruv” mavzusidagi xalqaro anjumanga O‘zbekiston vakillarini taklif qildi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2025
O‘zbekistonda amaldorlarning korrupsiyaga moyilligini tekshirish taklif etilmoqda
Yangiliklar lentasi
0