O‘zbekistonda yanvar oyida inflyatsiya qanchaga oshdi?

Obuna bo‘lish
2025 yil yanvar oyida umumiy iste’mol narxlari indeksi 100,7% ni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning yanvar oyi ko‘rsatkichlaridan 0,1 punktga yuqori.
Yilning birinchi oyida inflyatsiya darajasi 0,7% ga oshdi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar oyida tovarlar narxi 0,6% ga, xizmatlar esa 1,1% ga oshgan. Iste’mol narxlarining o‘zgarishini kuzatish uchun 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari hamda 90 turdagi xizmatlar to‘plami tanlab olindi.
2024 yilning fevralidan 2025-yilning yanvarigacha bo‘lgan 12 oy davomida inflyatsiya 9,9% ga oshdi. Yanvar oyida o‘tkazilgan yig‘ilish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki inflyatsiyani barqaror ushlab turish maqsadida asosiy stavka darajasini 13,5% darajasida saqlab qoldi.
“Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha umumiy inflyatsiya 7-8% darajasida bo‘lishi kutilmoqda”, — deyiladi Markaziy bank axborotida.
Yanvar oyida inflyatsiya darajasining o‘zgarishi — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0