Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish: O‘zbekistonda bu yil 272 mingta doimiy ish joyi yaratiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy
Predstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Obuna bo‘lish
Matbuot xizmati: yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonda bu yil 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘lgan. Shundan 91 ming nafari doimiy ishga joylashgan, 153 mingi tadbirkorlikka jalb qilingan.
“Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 32 ta yo‘nalishda yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Yaqinda vazirlik va hokimliklar mutaxassislaridan iborat guruhlar Xitoyga borib, tajriba almashib keldi. Endi joylardagi imkoniyatlar aholiga tushuntirilib, daromad topishga ko‘maklashiladi”, — deyiladi xabarda.
Ish o‘rinlari va investitsiya o‘zaro bog‘liq. Bu yil qariyb 14 milliard dollarlik 8 mingta loyihani amalga oshirib, 272 mingta doimiy ish joyi yaratish rejalashtirilgan.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oyda yurtimizga 3 milliard dollar xorijiy investitsiya kelgan. Fevral oyida ham shuncha investitsiya olib kelish, 623 ta loyihani ishga tushirish ko‘zda tutilgan”, — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPredstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy
Predstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2025
Predstavlena informatsiya kasatelno sfer zanyatosti i investitsiy
Aytilishicha, yil boshidan buyon eksport hajmi 1 milliard 300 million dollarga yetgan. Mutasaddilarga xorijiy hamkorlar bilan ishlab, tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga ko‘maklashish, yangi korxonalarni eksportga jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Lyudi gulyayut v Tashkent-siti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2025
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga kamaydi
Yangiliklar lentasi
0