https://oz.sputniknews.uz/20250203/ozbekiston-kambagallik-daraja-kamaydi-47797366.html
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga kamaydi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. 03.02.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-02-03T10:07+0500
2025-02-03T10:07+0500
2025-02-04T09:25+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ish
tadbirkor
pensiya
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/14/47625869_7:0:3648:2048_1920x0_80_0_0_c9dbf09689498ea5840908089fcf7b77.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil yakuniga ko‘ra kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Unga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan). Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar: Buning natijasida o‘tgan yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m). Jumladan, aholi daromadlari tarkibida: Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250129/mirziyoev-ijtimoiy-yordamga-oid-takliflarni-maqulladi--kutilayotgan-ozgarishlar-47737820.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/14/47625869_462:0:3193:2048_1920x0_80_0_0_74e50a963a810bbf8e0bd8d022c1fdba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ish, tadbirkor, pensiya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
jamiyat, o‘zbekiston, ish, tadbirkor, pensiya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 8,9 foizga kamaydi
10:07 03.02.2025 (yangilandi: 09:25 04.02.2025) O‘zbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 2024-yil yakuniga ko‘ra kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2024-yil yakuni bilan xalqaro standartlar asosida kambag‘allik darajasi aniqlandi. Unga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 11 foizdan 8,9 foizga kamaydi (3,3 mln kishi yoki 2023-yilga nisbatan 719 mingga kamaygan).
Kambag‘allik darajasi eng yuqori pasayishlar:
Buxoro viloyatida - 11,8 foizdan 8,7 foizgacha;
Samarqand viloyatida - 10,5 foizdan 7,5 foizgacha;
Namangan viloyatida - 10,4 foizdan 7,6 foizgacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 13,6 foizdan 10,8 foizgacha qayd etildi.
“2024 yilda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, tomorqa va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar mamlakatda kambag‘allik darajasini pasaytirishga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi xabarda.
Buning natijasida o‘tgan yilda aholining real daromadi 10,7 foizga o‘sib, jon boshiga oyiga o‘rtacha 2,1 mln so‘mdan to‘g‘ri keldi (yil boshida – 1,7 mln so‘m).
Jumladan, aholi daromadlari tarkibida:
ish haqi – 42,6 foiz (2023-yilda – 41,9 foiz);
tadbirkorlikdan daromadlar – 22,9 foiz (21,4 foiz);
pensiya, ijtimoiy yordam va subsidiyalar – 18,2 foiz (18,9 foiz);
qishloq xo‘jaligi va tomorqadan daromadlar – 10,7 foiz (9,8 foiz);
xorijdan pul o‘tkazmalar – 2,0 foiz (3,1 foiz);
boshqa daromadlar – 3,6 foiz (4,9 foiz)ni tashkil etdi.
Aholining ish haqidan daromadlari esa 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga ko‘paydi.