NNTlar Hamdo‘stlik davlatlarida G‘arb ta’sir quroliga aylandi - Komleva

© Natsionalniy issledovatelskiy institut razvitiya kommunikatsiyDoktor sotsiologicheskix nauk Valentina Komleva.
Doktor sotsiologicheskix nauk Valentina Komleva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
NNTlar sobiq Ittifoq davlatlarning har birida o‘z maqsadlari yo‘lida turli ta’sir dasturlari olib bormoqda. Ushbu faoliyatning turli jihatlari haqida batafsil maqolamizda.
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Chet el nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), turli ta’sir vositalaridan foydalangan holda, postsovet hududi mamlakatlarida o‘z manfaatlarini himoya qilmoqda. Bu ishning nozik jihatlari haqida Sputnik muxbiri sotsiologiya fanlari doktori Valentina Komleva bilan suhbat qildi.
Xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari qo‘shni davlatlarda keng yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Bular iqtisodiy dasturlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik fikri yetakchilarini tayyorlash, ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan dasturlardir.
Ular har bir mamlakatning o‘ziga xos jihatlariga moslashtirilgan odatiy ta’sir modelidir, dedi Aloqalarni rivojlantirish milliy tadqiqot instituti (NIIRK) ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, falsafa fanlari nomzodi, sotsiologiya fanlari doktori Valentina Komleva.
Ushbu tashkilotlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi: NNT (nodavlat notijorat tashkilotlari) va NT (nodavlat tashkilotlari).
© SputnikMogut li inostransi uchrejdat NKO v stranax blijnego zarubejya infografika
Mogut li inostransi uchrejdat NKO v stranax blijnego zarubejya infografika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Mogut li inostransi uchrejdat NKO v stranax blijnego zarubejya infografika

Ta’lim va biznes: yashirin ta’sir mexanizmlari

Nodavlat notijorat tashkilotlarining paydo bo‘lishidan maqsad har doim boshqacha, deydi Valentina Komleva.
“Masalan, xorijiy NNTlar - qashshoqlikka qarshi kurashish, demokratiyani rivojlantirish, ayollar va migrantlar huquqlarini himoya qilishda yordam berish kabi ijobiy maqsadlar yo‘lida yaratiladi. Ammo xorijiy tashkilotlar o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun aynan mana shu vositadan foydalanadilar”, deb tushuntiradi ekspert.
Ta’sir qilishning eng samarali yo‘li – ta’lim orqalidir. Bu G‘arbga ularga xayrixoh bo‘lgan, odamlarni yaratishga imkon beradi. “Yoshlar orasida Rossiyaga qarshi mavzular do‘stona bo‘lmagan davlatlar tomonidan qo‘zg‘atilmoqda. Ular orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tizimi orqali ishlayotganlari bor: ular yoshlarga grantlar berib ularni chet elge olib ketadi. U yerda iqtidorli yoshlar ta’lim oladi, ijtimoiy moslashuvdan o‘tadi. Ularda G‘arb davlatlarining turmush tarziga moyillik shakllanadi va “Rossiya yoshlar rivojlanishi mumkin bo‘lmagan joy” degan g‘oya singdiriladi. Ular uyiga qaytganidan sshng ushbu g‘oyalarni o‘z tengdoshlari orasida targ‘ib qilishnim boshlaydi. “U tomonda hamma narsa yaxshi, Rossiyada yomon” qabilida. Rossiyada ularga hamma narsa yoqmay boshlaydi", - deydi Komleva.
“Boshqa misollar ham bor edi: Masalan hozir Markaziy Osiyo mamlakatlarida yosh tadbirkorlar orasida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beruvchi musobaqalar o‘tkazilmoqda. Masalan, tadbirkorlik loyihalari tanlovi: yosh yigit tanlovda g‘olib chiqadi, unga mablag‘ beriladi va biznes g‘oyasini amalga oshirishda yordam beradi. Binobarin, butun oila yosh tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, moliyalashtirgan Qo‘shma Shtatlardan minnatdor. Bu ularning ta’sir uslubi. Bu ish nozik va tizimli uslubda uzoq vaqt davomida olib boriladi”, - deya tushuntiradi ekspert.
“Faoliyati kerakli axborot makonini shakllantirishga qaratilgan xorijiy NNTlar ham bor. Aynan ana shunday, Rossiyaga qarshi qaratilgan NNTlarga hozir eng katta miqdordagi sarmoyalar yo‘naltirilmoqda. U yerga faqat "to‘g‘ri" fikrlaydigan jurnalistlar qabul qilishadi”, - deydi Valentina Komleva.

Oliyjanob maqsadlar – yaxshi niyat degani emas

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, haqiqiy maqsadi “ikka qavvatli” bo‘lgan mexanizmlar ham mavjud. Bunday NNTlar dastlab ijtimoiy ahamiyatga ega, olijanob loyihalarni amalga oshiradi va keyin esa ular o‘z faoliyatini keskin o‘zgartirib, Rossiyaga qarshi tomonga o‘tib oladi. Masalan, ayollarni himoya qilish tashkilotlari. Dastlab ular ayollarga o‘z huquqlarini himoya qilishda yordam beradi, oiladagi zo‘ravonlik va zo‘ravonlikka qarshi turadi, keyin esa birdaniga bu ayollar Rossiyaga qarshi mitinglarga chiqadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko‘pincha migrantlar huquqlari himoyasiga ixtisoslashgan NNTlar mavjud. “Migrantlarga ularning huquqlari aytiladi, keyin esa Rossiyada ularning huquqlari poymol qilinayotgani tushuntiriladi, ular o‘z huquqlarini himoya qilishni talab qilishlari kerakgi va yaxshisi buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya hududida amalga oshirish kerakligi aytiladi. Bir qarashda muhojirlar huquqlarini himoya qilish bu yaxshi faoliyat, lekin keskin Rossiyaga qarshi burilish yuz beradi. Hamkasblarim ijtimoiy tarmoqlarni ko‘zdan kechirib, Rossiyadagi milliy tildagi migratsiya haqidagi media kontent o‘ta tajovuzkor bo‘lib bormoqda, degan xulosaga kelishdi”, — deydi Komleva.

Xorijiy NNTlar qonunni aylanib o‘tmoqda

Moldova, Gruziya, Armaniston va Qirg‘izistonda ushbu sohada milliy investitsiyalardan ko‘ra juda katta miqdordagi xorijiy mablag‘lar mavjud, chunki u yerda xorijliklar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil etish va moliyalashtirishga ruxsat berilgan, deydi ekspert.
Armaniston, Qirg‘iziston va Moldova - chet el NNTlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun eng oson joy. “Ammo birinchi ikki davlatda eng oddiy tartib - bu xorijiy NNT ochish va moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish hech qanday qiyinchiliksiz mumkin. Shuning uchun bu mamlakatlarda juda ko‘p xorijiy nodavlat tashkilotlar mavjud. Qozog‘istonda ham oson, lekin o‘ziga xos jihatlari bor”, - deydi Valentina Komleva.
“Bundan tashqari, bu mamlakatlarda hisobot berish muammosi mavjud. Ya’ni, ba’zi mamlakatlarda nodavlat notijorat tashkilotlariga hisobotlarni topshirishda chet el mablag‘lari ko‘rsatilishi kerak, bu alohida ta’kidlangan. Qirg‘iziston va Armanistonda bu qonunda bor, lekin amalda bajarilmaydi. Ular odatda nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy hisobotlariga nisbatan “ijodiy” yondashadilar. Bu mamlakatlardagi xorijiy nodavlat tashkilotlar esa butun postsovet hududida eng ko‘p”, - deya xulosa qiladi Komleva.
Xorijiy nohukumat tashkilotlari ishlashi eng qiyin bo‘lgan joy – Turkmaniston. Uyerda ular rasman yo‘q. O‘zbekiston va Tojikistonda bu osonroq, bu yerda qonunchilik xorijiy NNTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va moliyalashtirishni taqiqlaydi, lekin NNTlar davlat dasturlari orqali ishlashi mumkin. (GONGO - Government-Organized Non-Governmental Organization)
GONGO – davlat tomonidan tashkil qilingan nodavlat tashkilotlar, bu juda qiziq mavzu. Ular odatda davlat manfaatlari yo‘lida ishlaydi. Bunday tashkilotlar misoli sifatida - NED (Demokratiyani qo‘llab-quvvatlash milliy fondi) yoki USAID (AQSh xalqaro rivojlanish agentligi) keltirish mumkin. Ko‘rinib turibdi-ki bu yerda keng e’lon qilinayotgan “fuqaro manfaatlari” emas aynan hukumat va davlat manfaatlari ekanligi ayon bo‘ladi.
Turkmanistonda xorijiy nodavlat tashkilotlarini GONGO orqali moliyalashtirilishi mumkin. Turkiya Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (TIKA) hozirda yaqin xorijdagi turkiy tilli davlatlar hududlarida juda faol ish olib bormoqda. Bu ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu tashkilotlar kimning manfaatlari yo‘lida ishlayotgani aniq ", - deya tushuntiradi ekspert.
Tojikiston va O‘zbekistonda ham xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari bor, lekin ular bu mamlakatlarda vakolatxona ochmasdan bir martalik loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi va moliyalashtiradi. “Ular mamlakatda NNTlar tuzilmasini shakllantirmaydi, chunki Bu qonun bilan mumkin emas, lekin ular turli dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi: olimlar yoki jurnalistlar bilan davra suhbatlari, davlat idoralari va universitetlar tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar. Masalan, bunday usullardan USAID, Soros Ochiq jamiyat jamg‘armasi, va NED tomonidan qo‘llaniladi", - deya tushuntiradi Komleva.

NNT lobbilari qonunchilikni kuchaytirishga qarshi

MDH mamlakatlarida xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish va yaratishga qarshi kurash choralari qonunni kuchaytirmoqda, deb hisoblaydi Valentina Komleva. “2020 yilda Qozog‘iston chet el nodavlat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishga harakat qildi. Lekin darhol bosim boshlandi, mitinglar boshlandi, fuqarolik jamiyati huquqlari poymol qilindi. Natijada qonunchilikka hech qanday o‘zgartirish kiritilmadi”, — deya izoh beradi ekspert.
“Qirg‘izistonda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarini tartibga solish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilish ehtimoli ko‘p jihatdan ushbu notijorat tashkilotlarning lobbilariga bog‘liq bo‘ladi. Agar ular haqiqatan ham bu mamlakatdagi siyosiy elitaga ta’sir qila olsa, unda qonun loyihalari qabul qilinmaydi", deb tushuntiradi u.
Qirg‘izistonda ham o‘tgan yildan buyon OAVni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda, u hamon muhokamada. “Ushbu loyihadagi yangi qoidalar ko‘p qiziqarli narsalarni nazarda tutadi: xorijliklarga ko‘p narsa taqiqlanadi, masalan, Qirg‘iziston hududida ommaviy axborot vositalarini, jumladan, NNT formatida ochish va ularni xorijdan moliyalashtirish mumkin emas. Loyiha shuningdek, ommaviy axborot vositalari xizmatlarini davlat xizmatlari toifasiga kiritishni nazarda tutadi, bunda nazorat boshqa barcha turdagi davlat xizmatlari kabi ancha yuqori bo‘ladi. Yangi qonunga ko‘ra OAV asoschisi nashr axborot siyosatini belgilamaydi. Ya’ni, hukumatga nomaqbul kontent bo‘lsa, OAV jarimaga tortiladi yoki yopiladi, - deydi Valentina Komleva.
Belorussiyada, ekspertning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yil avgustidan oldin ham NNT ochish unchalik oson bo‘lmagan, qonunchilik bazasi mavjud edi. “Ammo 2020-yil avgustidan keyin Belarusda xorijiy moliyalashtirish va xorijiy tashkilotlar ustidan nazorat kuchaydi. Turli nodavlat notijorat tashkilotlari tarkibi ustidan nazorat ham kuchaytirildi. Ya’ni, NNT ochish juda qiyin bo‘ladi, hatto u Rossiyaniki bo‘lsa ham, - deydi Komleva.

Chet el agentlari Rossiyani maxsus operatsiya boshlanishidan oldin tark etishdi

Ko‘pgina xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari Rossiya Federatsiyasi hududida Rossiyaga qarshi ish olib borishganini inkor etib bo‘lmaydi. “Biz natijalarni ko‘rdik. Shu sababli, ko‘plab odamlar, xususan, Rossiyaga qarshi nodavlat tashkilotlarda ishlagan bloggerlar 2022-yil fevralidan oldin (maxsus operatsiya boshlanishi) xorijiy tashkilotlarni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilingandan keyin Gruziya va Qirg‘izistonga ketishdi. Ya’ni, qonun qabul qilingandan keyin ularning Rossiya Federatsiyasi hududidagi faoliyati qiyin bo‘ldi ", - deydi ekspert.
Valentina Komlevaning fikricha, xorijiy nodavlat tashkilotlar ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi Rossiya uchun ijobiy rol o‘ynadi.
“Kelajakda men ushbu NNTlar turli segmentlarga bo‘lishni istardim, chunki ba’zi tashkilotlar yopilishga majbur bo‘ldi, lekin ular jamiyat va mamlakatlararo aloqalar uchun foydali edi. Ularning faoliyati mazmuni, loyihalar mazmuni va mazmuni ustidan nazoratni kuchaytirishimiz kerak, deb o‘ylayman. Shunda muvozanat bo‘ladi, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0