AQShda samolyot turar-joy binolari ustiga quladi — tafsilotlar

© AP Photo / Matt RourkeSotrudniki slujbi spaseniya rabotayut na meste proisshestviya posle krusheniya nebolshogo samoleta v Filadelfii
Sotrudniki slujbi spaseniya rabotayut na meste proisshestviya posle krusheniya nebolshogo samoleta v Filadelfii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2025
Obuna bo‘lish
Samolyot havoga ko‘tarilganidan atigi 30 soniya o‘tgach, taxminan 487 metr balandlikda radarlardan g‘oyib bo‘lgan.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Amerikaning Filadelfiya shahrida kichik samolyot turar-joy binolari ustiga qulab tushdi, deb xabar berdi CBS telekanali.
“Fox News”ning xabar berishicha, gap mahalliy aeroportdan halokatga yarim daqiqa qolganda havoga ko‘tarilgan “Lear 55” tibbiy samolyoti haqida ketmoqda. Samolyot havoga ko‘tarilganidan atigi 30 soniya o‘tgach, taxminan 487 metr balandlikda radarlardan g‘oyib bo‘lgan. “Fox News” xabariga ko‘ra, halokatga samolyot bortida bo‘lgan kislorod ballonlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Samolyot Kottman prospekti va Ruzvelt bulvari hududidagi turar-joy binolari ustiga qulab tushgan, bir nechta uy yonib ketgan. Gaz quvuri ham shikastlangan va bu yong‘inlarni kuchaytirgan. Filadelfiya meri Sherell Parkerning aytishicha, bir qancha uylar va mashinalar zarar ko‘rgan.
“Amerikaning Filadelfiya shahrida aviahalokatda halok bo‘lgan qizaloq hayotini saqlab qolish uchun davolanish maqsadida AQShga uchib kelgan va Meksikaga qaytayotgan edi”, - deydi samolyotga egalik qiluvchi “Jet Rescue Air Ambulance” kompaniyasi vakili Shay Gold.
Kompaniyaga ko‘ra, bortda to‘rt nafar ekipaj a’zosi, bola va uning hamrohi bo‘lgan. Kompaniya omon qolganlar haqida xabar bera olmasligiga aniqlik kiritdi.
Goldning ma’lum qilishicha, qizaloq Meksikaning Tixuana shahridan edi. U xayriya dasturi doirasida Shtatlarda davolangan. Goldning aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlardan biri qizaloqning onasi bo‘lgan. Qizaloq uzoq vaqt davomida o‘z hayoti uchun kurashgan, ammo, afsuski, uyga qaytayotganda fojia yuz bergan.
AQSh prezidenti Donald Tramp aviahalokat munosabati bilan hamdardlik bildirib, voqeaga munosabat bildirishda “o‘z odamlari” to‘liq ishtirok etishini ma’lum qildi.
Bu AQShda so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan ikkinchi samolyot halokati. Payshanbaga o‘tar kechasi Vashingtonning Reygan aeroporti yaqinida fuqarolik samolyoti va harbiy vertolot to‘qnashib ketdi. Samolyot bortida 60 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi, vertolot bortida esa uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hech kim tirik qolmagan.
AQSh prezidenti Donald Tramp samolyot halokatidan omon qolganlar yo‘qligini ma’lum qildi. Fuqarolik layneridagi yo‘lovchilar orasida rossiyaliklar ham bo‘lgan. Oq uy rahbari rossiyalik fuqarolarning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi va ularning jasadlarini vataniga jo‘natishga yordam berishga va’da berdi.
“Black Hawk” vertoloti va Kanzasdan uchayotgan yo‘lovchi samolyotining to‘qnashuvi AQShda so‘nggi 15-yildagi eng yirik aviahalokat bo‘lishi mumkin.
Stolknoveniya passajirskogo samoleta Bombardier CRJ700 voyennim vertoletom Black Hawk pod Vashingtonom, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
AQShda samolyot harbiy vertolot bilan to‘qnashib ketdi
Yangiliklar lentasi
0