https://oz.sputniknews.uz/20250130/spirt-va-alkogol-mahsulotlari-47759688.html
O‘zbekistonda spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
O‘zbekistonda spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
2025-01-30T11:54+0500
2025-01-30T11:54+0500
2025-01-30T11:54+0500
jamiyat
o‘zbekiston
spirtli ichimliklar
alkogol va tamaki mahsulotlari
mahsulot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40557579_0:317:3077:2048_1920x0_80_0_0_a916bce48d42def096d74750c9ed8374.jpg
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, nizom quyidagilarni nazarda tutadi: Mazkur nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi: Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining hisobini yuritish mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomasholar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.
https://oz.sputniknews.uz/20240605/alkogol-tamaki-bozor-inspektsiya-44234490.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/01/40557579_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_de84fd82c6aa2f4a01c7e9dc974141b3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston spirt alkogol mahsulotlari
o‘zbekiston spirt alkogol mahsulotlari
O‘zbekistonda spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda etil spirti va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi. Hukumat qarori bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom
tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
ishlab chiqarilgan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va ulgurji sotish hisobini yuritish;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish.
Mazkur nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga;
iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun texnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga.
Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimoviy va texnologik nazoratni amalga oshirishlari shart.
Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining hisobini yuritish mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan asosiy xomasholar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.