Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi

© IA "Dunyo"V Moskve pochtili pamat Pervogo Prezidenta Uzbekistana
V Moskve pochtili pamat Pervogo Prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
Obuna bo‘lish
Moskva shahri markazidagi Islom Karimov nomidagi maydonda tadbir bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Bugun Rossiya poytaxtidagi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Moskva shahri markazidagi Islom Karimov nomidagi maydonda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston elchixonasi xodimlari, Migratsiya agentligi vakolatxonasi vakillari va faol vatandoshlar qatnashdi.
Ishtirokchilar O‘zbekiston birinchi prezidenti haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, 2018-yil 18-oktabrda Moskva shahrida Islom Karimov haykali ochilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k pamatniku Islamu Karimovu v stolitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Yangiliklar lentasi
0