Anqarada Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston formatidagi uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Anton DenisovVid na gorod Ankara
Vid na gorod Ankara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
Obuna bo‘lish
Uch tomonlama uchrashuv kun tartibi o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Anqarada 29-yanvar kuni Turkiya-Ozarbayjon-O‘zbekiston formatidagi tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Uch tomonlama uchrashuv kun tartibi o‘zaro hamkorlikning deyarli barcha jihatlarini qamrab oladi.
“Yig‘ilish kun tartibi uch bo‘limdan iborat bo‘ladi: tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqaviy transport tarmoqlari, transport va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari”, — deya ta’kidladi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilar kelgusi davrda uch davlat uchun aniq qadamlarni belgilab beruvchi harakatlar rejasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, bunday formatdagi ilk uchrashuv 2022-yil 2-avgust kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2024
Ozarbayjon O‘zbekistonning “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganadi
Yangiliklar lentasi
0