Ozarbayjon O‘zbekistonning “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganadi
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki Uzbekistan.Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki Uzbekistan.
Obuna bo‘lish
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha loyihalarni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki Uzbekistan.Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ozarbayjon fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniya respubliki Uzbekistan.
Uchrashuvda 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni mustahkamlovchi “yo‘l xaritasi” imzolandi.
Muhokama etilgan masalalar:
o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar va qo‘shma loyihalar tashkil etish;
ta’lim dasturlari va o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish;
xalqaro STEAM festivali doirasidagi hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistonda STEAM markazini tashkil etish;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Ozarbayjon davlat pedagogika universitetida pedagogik kadrlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
O‘zbekiston Respublikasining gospital ta’limi bo‘yicha, xususan “Mehrli maktab” tajribasini o‘rganish;
bilimlarni baholash tizimlari va raqamli ta’lim platformalari haqida ma’lumot almashish.
Aytilishicha, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston va Ozarbayjon ta’lim vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma ham imzolangan.
Ma’lumot uchun, “Mehrli maktab”- Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida tashkil etilgan ta’lim muassasasi bo‘lib, unda Markazga davolanish maqsadida kelgan bolalar uchun bog‘cha va maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
“Mehrli maktab” Rossiyaning “UchimZnayem” maktabi o‘rtasi ham hamkorlik kelishuvini imzolagan.