https://oz.sputniknews.uz/20250122/sankt-peterburg-xalqaro-mehnat-forum-47645156.html
Sankt-Peterburgda xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tadi — sana va ko‘rib chiqiladigan masalalar
Sankt-Peterburgda xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tadi — sana va ko‘rib chiqiladigan masalalar
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumida MDHning umumiy migratsiya maydoni muhokama qilinadi. 22.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-22T11:31+0500
2025-01-22T11:31+0500
2025-01-22T11:31+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
mdh
sankt-peterburg
migratsiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33920427_0:86:1616:995_1920x0_80_0_0_b88e6a0083ef2aa1718c0a31bfd50fe2.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Shu yilning 2-4 aprel kunlari IX Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati. MDH Parlamentlararo Assambleyasi shtab-kvartirasida 2-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan IX Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ishchi dasturni shakllantirish va tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Sankt-Peterburg shahri mehnat va aholi bandligi qo‘mitasi raisi Vasiliy Ponidelko hamda Sankt-Peterburg shahridagi Millatlararo munosabatlar va migratsiya siyosatini amalga oshirish qo‘mitasi raisi Oleg Kapitanov ishtirok etdi. Forumda MDHning umumiy migratsiya maydoni muhokama qilinadi. Forum doirasida MDH PA Ijtimoiy siyosat va inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi hamda MDH mamlakatlari uchun yagona migratsiya makonini yaratish konsepsiyasining yangi tahriri loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Forumda yangi iqtisodiyot uchun kadrlar, kadrlar yetishmovchiligi, mehnat unumdorligini oshirish va mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalari muhokama qilinadi. Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumi – bu mehnat munosabatlari sohasidagi eng yirik munozara maydonchasi bo‘lib, unda mehnat bozori va iqtisodiyot masalalari, kadrlar bilan ta’minlash tizimlarini yaratish va HR-tajriba va usullar bilan almashish zarurati, Bandlik davlat xizmatini modernizatsiya qilish, MDH davlatlarining umumiy mehnat bozorini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0e/33920427_88:0:1528:1080_1920x0_80_0_0_098e88be7e033d3b30e00cff751a2a24.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, mdh, sankt-peterburg, migratsiya, migrantlar
dunyo yangiliklari, dunyoda, mdh, sankt-peterburg, migratsiya, migrantlar
Sankt-Peterburgda xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tadi — sana va ko‘rib chiqiladigan masalalar
Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumida MDHning umumiy migratsiya maydoni muhokama qilinadi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Shu yilning 2-4 aprel kunlari IX Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. MDH Parlamentlararo Assambleyasi shtab-kvartirasida 2-4 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan IX Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishchi dasturni shakllantirish va tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvda Sankt-Peterburg shahri mehnat va aholi bandligi qo‘mitasi raisi Vasiliy Ponidelko hamda Sankt-Peterburg shahridagi Millatlararo munosabatlar va migratsiya siyosatini amalga oshirish qo‘mitasi raisi Oleg Kapitanov ishtirok etdi.
“Tavrida saroyi an’anaviy tarzda Hamdo‘stligimizning barcha mamlakatlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzularni muhokama qilish uchun maydonga aylanadi, – dedi MDH PA Kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy.
Forumda MDHning umumiy migratsiya maydoni muhokama qilinadi. Forum doirasida MDH PA Ijtimoiy siyosat va inson huquqlari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi hamda MDH mamlakatlari uchun yagona migratsiya makonini yaratish konsepsiyasining yangi tahriri loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Forumda yangi iqtisodiyot uchun kadrlar, kadrlar yetishmovchiligi, mehnat unumdorligini oshirish va mehnat migratsiyasini tartibga solish masalalari muhokama qilinadi.
Sankt-Peterburg xalqaro mehnat forumi – bu mehnat munosabatlari sohasidagi eng yirik munozara maydonchasi bo‘lib, unda mehnat bozori va iqtisodiyot masalalari, kadrlar bilan ta’minlash tizimlarini yaratish va HR-tajriba va usullar bilan almashish zarurati, Bandlik davlat xizmatini modernizatsiya qilish, MDH davlatlarining umumiy mehnat bozorini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.