TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik dasturini imzolaydi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ma’lum qildi. Bugun Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat o‘rtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturi imzolanadi. Rossiya mudofaa vaziri “Rossiya va O‘zbekiston strategik sheriklar va azaliy do‘stlar” ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik “o‘zaro tushunishning yuqori darajasiga ko‘tarilgan va kengayishda davom etmoqda”. Muzokaralarni boshlar ekan, u hamkasbi bilan uchrashib, shaxsan tanishganidan xursand ekanligini aytib, Toshkentga taklifi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning ma’lum qilishicha, Toshkentga kelgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar rahbarlari ham bor. Rossiya mudofaa vaziri bugungi uchrashuv ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlanishiga ishonch bildirdi va “kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga o‘tish”ni taklif qildi. Keyin muzokaralar yopiq eshiklar ortida davom etdi.
Andrey Belousov: hamkorlikdagi ishimiz Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik dasturini imzolaydi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov ma’lum qildi.
Bugun Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2025-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat o‘rtasida harbiy sohada 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik dasturi imzolanadi.
“Harbiy va harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, mintaqadagi mavjud vaziyatni muhokama qilishdan tashqari, biz bir qator muhim hujjatlarni imzolash uchun tayyorladik. Bu 2025-yilga mo‘ljallangan boshqarmalarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rejasi hamda 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy sohada strategik sheriklik dasturidir”, — dedi Belousov O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuhamedov bilan muzokaralar chog‘ida.
Rossiya mudofaa vaziri “Rossiya va O‘zbekiston strategik sheriklar va azaliy do‘stlar” ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi hamkorlik “o‘zaro tushunishning yuqori darajasiga ko‘tarilgan va kengayishda davom etmoqda”.
“Bu, ayniqsa, bugungi xalqaro vaziyatda muhim ahamiyatga ega. Rossiya va O‘zbekiston rahbarlari ikki davlat xavfsizlik idoralari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bizning hamkorlikdagi ishimiz Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun biz bugungi uchrashuvga katta ahamiyat beramiz”, — dedi Belousov.
Muzokaralarni boshlar ekan, u hamkasbi bilan uchrashib, shaxsan tanishganidan xursand ekanligini aytib, Toshkentga taklifi va samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi.
“Sizni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganingiz bilan yana bir bor tabriklab, ushbu mas’uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilayman”, — dedi Belousov.
Uning ma’lum qilishicha, Toshkentga kelgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar rahbarlari ham bor.
Rossiya mudofaa vaziri bugungi uchrashuv ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi boshlanishiga ishonch bildirdi va “kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga o‘tish”ni taklif qildi. Keyin muzokaralar yopiq eshiklar ortida davom etdi.