Turkiya mehmonxonasidagi yong‘in: Mirziyoyev Erdog‘anga hamdardlik bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“Turkiyaning Bolu muzofotidagi tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi”, — deyiladi xabarda.
Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, O‘zbekiston yetakchisi marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.
Ma’lumot uchun, Turkiyaning Bolu kurortidagi mehmonxonada kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Mamlakat IIV rahbari Ali Yerlikayaga ko‘ra, yong‘in qurbonlari 76 nafarga yetdi. Yong‘in ishi bo‘yicha 9 kishi, jumladan, mehmonxona egasi ham qo‘lga olingan. Turkiya prezidenti bugun mamlakatda milliy motam e’lon qildi.
Yangiliklar lentasi
0