Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Foto: xokimiyat Samarkandskoy oblastiErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan Erkinjon Turdimovni Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozmoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbutayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi”, — deyiladi xabarda.
Bosh vazir matbuot kotibiga ko‘ra, bugun Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.
© Press-slujba Premyer-ministraErkinjon Turdimov
Erkinjon Turdimov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2025
Erkinjon Turdimov
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingandi. U prezident farmoni bilan boshqa ishga o‘tgan. Shu yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.
Yangiliklar lentasi
0