Deputatlar Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdi
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki UzbekistanZapreshayetsya privatizatsiya "botanicheskix sadov" i ix zemel

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Quyi palata: qonun loyihasi ushbu tuzilma imkoniyatlaridan milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida foydalanishining huquqiy asosini yaratishga qaratilgan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Yevroosiyo taraqqiyot bankiga (YeOTB) qo‘shilish to‘g‘risidagi qonunni uchinchi o‘qishda qabul qilishdi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston infratuzilma, energetika va sanoat sohalarini rivojlantirishda uzoq muddatli investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.
“Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda ko‘rib chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yana bir xalqaro moliya tashkilotiga a’zo bo‘lib kirish va ushbu tuzilma imkoniyatlaridan milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida foydalanishining huquqiy asosini yaratishga qaratilgan”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, 7 milliard dollar ustav kapitaliga ega Yevroosiyo taraqqiyot bankining asosiy maqsadi a’zo davlatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘lib, bu yo‘nalishda bank “yashil iqtisodiyot”, transport-logistika, muqobil enegretika, raqamli transformatsiya, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha investitsion faoliyatni olib borishga qaratilgan.
Bu yo‘nalishda 2016-yildan to shu kunga qadar bank 15 millard dollarlik moliyalashtirishni amalga oshirgan. Bank a’zo davlatlar milliy valyutasida hisob kitoblarni amalga oshirish tizimini ham yo‘lga qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi bilan bog‘liq huquqiy masalalar 2024-yil oxirigacha hal qilinishi, mamlakat bank kapitalining taxminan 10 foizini olishi ma’lum qilingan edi. Bank boshqaruvi raisiga ko‘ra, 2026-yilgacha YeOTB investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 11 milliard dollarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonni va Xitoyni YeOTBda ko‘rish istagi 2018-yildayoq bildirilgan edi. 2021-yilda Yevropa taraqqiyot banki O‘zbekiston va YeOII integratsiyasining istiqbollari va potensial oqibatlari to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etdi. Bank tahlilchilari ta’kidlaganidek, respublika har yili YeOIIdan 1,5 milliard dollargacha infratuzilma investitsiyalarini jalb qilish, eksport va migrantlar pul o‘tkazmalari oqimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB)
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.