https://oz.sputniknews.uz/20240627/uzbekistan-edb-podguzov-44556403.html
O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar qachon hal bo‘ladi — Podguzov javobi
O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar qachon hal bo‘ladi — Podguzov javobi
Sputnik O‘zbekiston
YeOTB boshqaruvi raisi: O‘zbekistonning bankdagi ishtiroki taxminan 10 foizni tashkil qiladi.
2024-06-27T15:38+0500
2024-06-27T15:38+0500
2024-06-27T15:49+0500
yeotb
o‘zbekiston
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/09/30612119_0:59:1344:815_1920x0_80_0_0_157f00e3f458b5def6ae73ae604870d8.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB)ga qo‘shilishi bilan bog‘liq huquqiy masalalar yil oxirigacha hal qilinadi, mamlakat bank kapitalining taxminan 10 foizini oladi. Bu haqda jurnalistlarga bank rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi. Olmaotada Yevroosiyo taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan YeOTB boshqaruvi raisi O‘zbekistonning YeOTBga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq huquqiy masalalar yil oxirigacha hal qilinishini ma’lum qildi.Shuningdek, bank boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov 2026-yilgacha YeOTB investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 11 milliard dollarni tashkil etishini aytdi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonni va Xitoyni YeOTBda ko‘rish istagi 2018-yildayoq bildirilgan edi. 2021-yilda Yevropa taraqqiyot banki O‘zbekiston va YeOII integratsiyasining istiqbollari va potensial oqibatlari to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etdi. Bank tahlilchilari ta’kidlaganidek, respublika har yili YeOIIdan 1,5 milliard dollargacha infratuzilma investitsiyalarini jalb qilish, eksport va migrantlar pul o‘tkazmalari oqimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) — Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi ko‘p tomonlama rivojlanish banki hisoblanadi. 18-yildan ortiq vaqt mobaynida u o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali 7 milliard dollarni tashkil etadi. YeOTB portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20240317/eik-evroosiyo-taraqqiyot-banki-hamkorlik-42993626.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/09/30612119_0:29:1157:896_1920x0_80_0_0_11a2556f125045622a5b9db43d0d1a40.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeotb boshqaruvi raisi o‘zbekiston yeotb nikolay podguzov
yeotb boshqaruvi raisi o‘zbekiston yeotb nikolay podguzov
O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi bilan bog‘liq masalalar qachon hal bo‘ladi — Podguzov javobi
15:38 27.06.2024 (yangilandi: 15:49 27.06.2024) YeOTB boshqaruvi raisi: O‘zbekistonning bankdagi ishtiroki taxminan 10 foizni tashkil qiladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB)ga qo‘shilishi bilan bog‘liq huquqiy masalalar yil oxirigacha hal qilinadi, mamlakat bank kapitalining taxminan 10 foizini oladi. Bu haqda jurnalistlarga bank rahbari Nikolay Podguzov ma’lum qildi.
Olmaotada Yevroosiyo taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan YeOTB boshqaruvi raisi O‘zbekistonning YeOTBga a’zo bo‘lishi bilan bog‘liq huquqiy masalalar yil oxirigacha hal qilinishini ma’lum qildi.
“Aytishim mumkinki, endi O‘zbekistonning bankka a’zo bo‘lish uchun arizasi kelib tushgan bo‘lsa, O‘zbekistonning bankdagi ishtiroki taxminan 10 foizni tashkil qiladi. Umid qilamizki, bu yil kirishning barcha qonuniy masalalari hal qilinadi. Bu diversifikatsiya bo‘lib, bu, albatta, bankimizdagi ishtirokchilar, aksiyadorlar ulushlaridagi o‘zgarishlarga mutanosib ravishda ta’sir qiladi”, — dedi u.
Shuningdek, bank boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov 2026-yilgacha YeOTB investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 11 milliard dollarni tashkil etishini aytdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonni va Xitoyni YeOTBda ko‘rish istagi 2018-yildayoq bildirilgan edi. 2021-yilda Yevropa taraqqiyot banki O‘zbekiston va YeOII integratsiyasining istiqbollari va potensial oqibatlari to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etdi. Bank tahlilchilari ta’kidlaganidek, respublika har yili YeOIIdan 1,5 milliard dollargacha infratuzilma investitsiyalarini jalb qilish, eksport va migrantlar pul o‘tkazmalari oqimini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) — Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi ko‘p tomonlama rivojlanish banki hisoblanadi. 18-yildan ortiq vaqt mobaynida u o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali 7 milliard dollarni tashkil etadi. YeOTB portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.