Davlat dasturi-2025: taklif qilinayotgan va kutilayotgan asosiy o‘zgarishlar

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2025
Obuna bo‘lish
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi prezident farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Ushbu dasturda ijtimoiy va ekologik barqarorlikka erishishga doir qator reja va maqsadlar o‘rin olgan. Quyida ularning asosiylariga to‘xtalamiz.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zgarishlar
Joriy yilda hududlarda markazlashgan laboratoriyalar tashkil etilib, shifokor qabuliga navbatni to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Tibbiyot xodimlari mehnat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, samaradorlikka erishgan xodimlarning oylik maoshlariga qo‘shimcha ustamani joriy etiladi.
2025 yil 1-maydan mamlakatda “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalish doirasida barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi.
Barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash majburiyati kiritiladi.
Jarima va rag‘batlar
Dastur doirasida 1-iyuldan ko‘p qavatli uylar massivlaridagi umumiy foydalanishda bo‘lgan tuproqli va yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.
2026 yil 1-yanvardan pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 10 baravarga oshiriladi.
2025 yil 1-avgustdan devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi.
2025 yil 1-avgustdan atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini o‘rnatgan korxonalarga tabiatga zarar yetkazish bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechiladi.
2025 yil 1-sentabrdan “yashil tadbirkor” maqomi berilgan tadbirkorlik subyektlariga muayan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etilish, xalqaro bozorlarga chiqish uchun qo‘llab-quvvatlov imkoniyatlari yaratiladi.
2025 yil 1-apreldan chiqindilar utilizatsiyasi hisobiga hamda shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etiladi.
Aholining quyoshdan olingan va foydalanishda o‘z ehtiyojidan orttirib, davlatga sotadigan elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar belgilanadi.
“Ekofaol fuqaro” tashabbusi qanday imtiyozlar beradi?
Dastur doirasida joriy yil mamlakatda “Ekofaol fuqaro” hayot tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Aholi orasida kunlik yurish va yugurishni targ‘ib qilinib, “yashil transportda”, shu jumladan, velosipedda harakatlanishni rag‘batlantiriladi.
Yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan fuqarolarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi, shuningdek, ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol krediti olishda chegirma taqdim etiladi.
Oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomi berilib, har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish tartibi joriy qilinadi.
Taqiq va majburiyatlar
2027 yildan plastik paketlarni ishlab chiqarish, olib kirish va ulardan foydalanishni taqiqlanadi.
2025 yil yakuniga qadar “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isidan foydalanish va sotish cheklanadi;
2025 yil yakuniga qadar xo‘jalik faoliyatini yurituvchi korxona va tashkilotlar tomonidan yetkazilgan ekologik zararlarni majburiy sug‘urtalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.
2027 yildan boshlab yer sug‘orishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan foydalanish tizimlari majburiy tashkil etiladi.
2025 yil 1-sentabrdan 2028-yil 1-yanvarga qadar mamlakatda ov qilishga moratoriy joriy qilinadi. Bunda moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar elektron auksion orqali beriladi.
Qanday loyihalar amalga oshiriladi?
Orol dengizi tubida 100 ming gektar yangi yashil maydon barpo etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida sho‘r va suvsizlikka chidamli o‘simlik bog‘lari tashkil etiladi.
Joriy yilda mamlakatda umumiy quvvati 3,5 Gigavatt bo‘lgan 16 ta yirik quyosh va shamol stansiyacini ishga tushiriladi.
2025 yil 1-maydan Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida quyidagi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshiriladi:
asbest, sement ishlab chiqarish, shlam va shlaklar;
teri-ko‘nchilik, parrandachilik fabrikalari;
samaradorligi yuqori bo‘lgan chang-gaz tozalash inshootlari bilan jihozlanmagan har qanday turdagi ko‘mir yoqish;
qora va rangli metallurgiya zavodlari, tarkibida zaharli aralashmalar bo‘lgan oyna, zaharli kimoviy moddalar bilan ishlash;
xavflilik darajasining I va II sinfiga mansub chiqindilarni qayta ishlash va yoqish korxonalari.
Proverka zreniya u oftalmologa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2025
Mehnati samarali deb topilgan tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanadi
Yangiliklar lentasi
0