O‘zbekiston kosmik fazoni tadqiq qilish huquqiga ega bo‘ldi

© Depositphotos / cookelmaKosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2024
Obuna bo‘lish
Endi O‘zbekiston kosmik fazo va samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan tinch maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. O‘zbekiston kosmik fazo, oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shildi, deya xabar berdi "O‘zbekkosmos" agentligi axborot xizmati.
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti “Kosmik fazo, shu jumladan Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyat tamoyillari to‘g‘risida”gi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) mamlakatning qo‘shilishi haqidagi qonunni imzoladi.
“O‘zbekkosmos”ga ko‘ra, shartnomaga qo‘shilish O‘zbekiston uchun bir qator xalqaro kosmik huquqlarni taqdim etadi.
Huquqlar:
hech qanday diskriminatsiyasiz kosmik fazo va samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan tinch maqsadlarda foydalanish;
ortiqcha to‘siqlarsiz erkin tarzda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, bu borada davlatlararo tenglikka ega bo‘lish;
uchirilgan kosmik obyektlar va ularning ekipajlari ustidan yurisdiksiya hamda nazoratni saqlab qolish;
kosmik sohada faoliyat yurituvchi davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali texnologiyalar transferini jadallashtirish.

“Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonning shartnomaga qo‘shilishi bo‘yicha qabul qilingan qonun mamlakatimizning kosmik sohadagi huquqiy tizimi xalqaro umume’tirof etilgan prinsiplar va normalarga asoslangan holda rivojlanayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistondagi to‘g‘onlar deformatsiyasi ilk bor koinotdan tekshirildi
Ma’lumot uchun, shartnoma AQSh, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi tomonidan 1967-yil 27-yanvarda imzolangan va o‘sha yilning 10-oktabridan kuchga kirgan. Bugungi kunda unga 114 ta davlat qo‘shilgan. Mazkur hujjat kosmik fazoning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi 17 ta moddani o‘z ichiga oladi.
Mazkur shartnoma kosmik fazoda ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni va kosmik fazodan harbiy maqsadlarda foydalanishni taqiqlaydi. Hujjat kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini belgilaydi hamda kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlash uchun xalqaro qoidalar va tamoyillarni o‘rnatadi.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Toshkentda Kosmik tadqiqotlar va texonolagiyalar agentligi “O‘zbekkosmos” tashabbusi bilan MDH Davlatlararo kosmik kengashining beshinchi yig‘ilishi, shuningdek, 4-10 oktabr kunlari “Butunjahon kosmos haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tashkent. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2024
"O‘zbekkosmos" 2024-2025 yillarda MDH Davlatlararo kosmik kengashiga raislik qiladi
Yangiliklar lentasi
0