https://oz.sputniknews.uz/20250114/tadbirkorlar-auktsion-ijara-47535668.html
Tadbirkorlarga ta’lim tashkilotlaridagi oshxonalar auksion orqali ijaraga beriladi
Tadbirkorlarga ta’lim tashkilotlaridagi oshxonalar auksion orqali ijaraga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Ijaraga oluvchilar ayrim talablarga javob berishi kerak. 14.01.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-01-14T13:18+0500
2025-01-14T13:18+0500
2025-01-14T13:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi qaror
tadbirkor
ijara
auksion
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27716067_0:130:3181:1919_1920x0_80_0_0_a5490547e9d0921ca1853a5cef62cc97.jpg.webp
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda nazarda tutilgan. Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi: Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish ham nazarda tutilgan. Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
https://oz.sputniknews.uz/20240820/auktsion-er-tadbirkor-qqs-45287188.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/02/27716067_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_94bf1b6ac8a07e4d32945d362abea51e.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, tadbirkor, ijara, auksion
jamiyat, o‘zbekiston, yangi qaror, tadbirkor, ijara, auksion
Tadbirkorlarga ta’lim tashkilotlaridagi oshxonalar auksion orqali ijaraga beriladi
Ijaraga oluvchilar ayrim talablarga javob berishi kerak.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda
nazarda tutilgan. Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 132-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;
“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;
ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish.
Shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish ham nazarda tutilgan.
Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;
umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;
oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;
shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.