Endi auksiondan yer sotib olgan tadbirkorga QQS hisoblash bekor qilinadi

© Sputnik / Ruslan KrivobokAuksion
Auksion  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Obuna bo‘lish
Sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi. Bu haqda Nukusda bo‘lib o‘tayotgan prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ma’lum qilindi, deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Muloqotda yer bozori shakllanishi ta’sirida yangi investitsiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayotgani qayd etildi.
Aytilishicha, tadbirkor yerga katta xarajat qilgandan keyin qurilish, texnika va uskunaga mablag‘i yetmay qolayapti.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti.
Otkritiy dialog prezidenta Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti.
“Endilikda tadbirkor auksiondan yer sotib olganda unga qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblash bekor qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo‘yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa o‘n yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Endi tadbirkorlar darhol to‘lov qilaman desa, 20 foizgacha chegirma beriladi.
Shuningdek, yirik loyihalarda yer qiymatini tadbirkor ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritishi mumkin bo‘ladi. Tadbirkor istagan paytda bu ulushni o‘zi sotib olishi mumkin.
Bu orqali shu yilning o‘zida tadbirkorlar ixtiyorida 3 trillion so‘m qoladi.
Shuningdek, qanchadan-qancha tadbirkorlar yeri yo‘qligi uchun yangi loyiha qila olmayotgani qayd etildi. Aksincha, “auksiondan sotib oldim, endi meni mulkim” deb, yerni qarovsiz tashlab qo‘ygan “uddaburonlar” ham ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.
“Yer – eng cheklangan resursimiz va u doim iqtisodiy naf keltirishi kerak”, — dedi prezident.
Shu bois, yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha bo‘lgan muddatlar majburiy ko‘rsatiladi.
Bunda qurilish davriga yer solig‘i bo‘yicha 50 foiz imtiyoz beriladi (viloyat markazlaridan tashqari). Qurilishga ruxsat olish muddati davlat organi aybi bilan o‘tkazib yuborilsa, qurilish vaqti shu muddatga uzaytirib beriladi. Muddatida bo‘lmasa, yer sud orqali qaytarib olinadi yoki boshqa tadbirkorga sotiladi.
Yangiliklar lentasi
0