https://oz.sputniknews.uz/20250111/davlat-bogchalari-yagona-mavsumiy-taomnoma-47510051.html
Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi
Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
2025-01-11T13:02+0500
2025-01-11T13:02+0500
2025-01-11T13:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qaror
bog‘chalar
ovqatlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/08/15348242_0:270:2592:1728_1920x0_80_0_0_8da951491f0039293b7f6817d8b13733.jpg
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:Qaror bilan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi. 2025-yil 1-iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0b/08/15348242_19:0:2323:1728_1920x0_80_0_0_78792170d4ff024e57216a1bdb5ae5bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat bog‘chalari sog‘lom ovqatlantirish
davlat bog‘chalari sog‘lom ovqatlantirish
Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi
Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi. “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori
qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkazish;
“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;
davlat bog‘larida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.
Shuningdek, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. Davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Qaror bilan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.
Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025-yil 1-iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi. 2025-yil 1-iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.